Tramp Istanbuldagi Ukraina-Rossiya muzokaralarida ishtirok etishi mumkin
Trampning aytishicha, Istanbuldagi Rossiya-Ukraina uchrashuvidan «yaxshi natijalar kutish mumkin» va «potensial bor».

Foto: SCANPIX
AQSh prezidenti Donald Tramp Istanbulga 15 may kuni, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan kuni shaxsan o‘zi uchib ketishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Tramp 12 may, dushanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Men uchib kelish haqida o‘yladim. Payshanba kuni qayerda bo‘lishimni bilmayman. Ko‘p uchrashuvlarim bor, lekin aslida uchib borish haqida o‘yladim. Agar biror narsa bo‘lishi mumkinligini tushunsam, shunday imkoniyat bor deb o‘ylayman», — deya Trampning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbuldagi uchrashuvdan «yaxshi natijalar kutish mumkin» va u «potensialga ega». Trampning o‘zi shu hafta Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarga tashrif buyuradi, deb eslatadi agentlik.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlari va AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida e’lon qilish haqidagi chaqiriqlariga e’tibor bermay, 15 may kuni Ukraina bilan «oldindan hech qanday shartlarsiz» Turkiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Zelenskiy Istanbulda Putin bilan bevosita muzokaralarga tayyor ekanligini aytdi. «Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Shaxsan o‘zim. Umid qilamanki, bu safar ruslar turli bahonalarni izlamaydi», — deb yozgan Zelenskiy. Kreml bu xabarga javob bermadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
Jahon | 18:43
-
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport | 17:42
-
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV
Fan-texnika | 17:40
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025