Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi
Oq uy rahbari Yevropa Ittifoqining savdo siyosati Qo‘shma Shtatlar uchun yiliga 250 milliard dollardan ko‘proq savdo defitsitiga olib kelganini va buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini aytdi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga 50 foizlik boj joriy etish niyatida ekanini ma’lum qildi. U tegishli xabarni Truth ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirib, Yevropa Ittifoqini AQShga nisbatan adolatsiz savdo siyosatida aybladi.
«Savdo masalalarida Qo‘shma Shtatlardan foydalanishning asosiy maqsadi bilan yaratilgan Yevropa Ittifoqi o‘zini juda murakkab hamkor sifatida ko‘rsatdi. Ularning yirik savdo to‘siqlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, kulgili korporativ jarimalar, tarifsiz to‘siqlar, valuta manipulyatsiyasi, Amerika kompaniyalariga qarshi adolatsiz da’volar Qo‘shma Shtatlar uchun yiliga 250 milliard dollardan ko‘proq savdo defitsitiga olib keldi, buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Ular bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi! Shuning uchun men 2025 yilning 1 iyunidan boshlab Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga 50 foizlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarif joriy etishni tavsiya qilaman. Tovar AQShda ishlab chiqarilgan yoki yig‘ilgan bo‘lsa, boj olinmaydi», deyiladi bayonotda.
Yevropa Ittifoqi bilan ittifoqdosh bo‘lishiga qaramay, Tramp bir necha bor Bryusselni adolatsiz savdo amaliyotida va Qo‘shma Shtatlarni iqtisodiy ekspluatatsiya qilishda ayblagan. 2018 yilda uning ma’muriyati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqidan po‘latga 25 foiz va alyuminiyga 10 foiz boj joriy etdi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi Amerika tovarlariga qarshi javob choralarini kiritdi.
Tramp Yevropa avtomobillari, xususan, nemis avtomobillari Amerika bozorini to‘ldirganini da’vo qilib, ularga tariflar bilan tahdid qildi. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqini AQSh eksportiga xalaqit beradigan yuqori QQS, Amerika IT gigantlariga qarshi monopoliyaga qarshi jarimalar, Germaniyaning go‘yo eksport afzalliklari uchun yevroni zaiflashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosati va hokazolar uchun tanqid qilgan edi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron Markaziy banki va qator tuzilmalarini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi
Jahon | 09:34
-
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti
Jahon | 09:16
-
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
-
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi
Jahon | 08:44
Mavzuga oid

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025
Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

19:52 / 25.06.2025