Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Misrlik futbolchi 28 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Foto: APL
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premiyer-ligasida (APL) mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda APL sayti xabar berdi.
Misrlik futbolchi Premiyer-liga tarixida ushbu sovrinni ikkinchi marta qo‘lga kiritgan beshinchi futbolchi bo‘ldi. U ilk bor 2017/18 yilda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi. Avvalroq bu sovrinni ikki marta fransiyalik Tiyeri Anri, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, serbiyalik Nemanya Vidich va belgiyalik Kevin De Bryuyne qo‘lga kiritgan.
Saloh APL joriy mavsumida 28 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi va «Liverpul» bilan chempion bo‘ldi. Klub chempionat doirasida hali yana 1 o‘yin o‘tkazadi.
Saloh gollar va golli uzatmalar bo‘yicha Premiyer-ligada yetakchilik qilmoqda. Unda eng yaxshi to‘purarga topshiriladigan «Oltin butsa», shuningdek, «Oltin pleymeyker» sovrinini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor. Agar bu holat yuz bersa, Saloh bir mavsumda 3 ta shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

18:47 / 30.05.2025
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB

00:38 / 27.05.2025
Liverpulda haydovchi mashinasini futbol ishqibozlari ustiga haydadi

21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

19:29 / 23.05.2025