Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti
Bolalar uchun IT-maktablar tarmog‘i MARS IT School jo‘shqin rivojlanishda davom etmoqda va yangi bosqichga chiqyapti. Miqyosni kengaytirish strategiyasi doirasida kompaniya 2025 yil yanvar oyida Juniorcode — dasturlashtirish o‘quv markazi, shuningdek, Robot Machines Robototexnika maktabini sotib oldi. Bu bitim MARS IT School mavqeyini mustahkamlabgina qolmay, Robototexnika bo‘yicha kurslarni qo‘shib, ta’lim dasturlarini kengaytirish imkonini ham berdi.
Kompaniyaning o‘sishi va yangi imkoniyatlar
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga dasturlashtirish, dizayn va sun’iy intellektni o‘qitishga ixtisoslashgan MARS IT School ikkita yirik o‘quv markazi — Juniorcode va Robot Machinesʼni sotib olganini e’lon qildi. Bir necha oy davomida bitim borasida muzokaralar o‘tkazildi va 2025 yil yanvarda tomonlar kelishuvga erishdilar.
Birlashuv natijasida MARS IT School o‘quvchilarining soni 2 000 nafardan 2 300 nafarga ko‘paydi. Bitim shartlarga muvofiq, Juniorcode asoschilari O‘zbekiston bozorini butunlay tark etishdi, Robot Machines faunderi esa top-menejer sifatida MARS IT Schoolʼga qo‘shildi. Shu bilan birga, ikkala markazning ham o‘qituvchilari o‘z mavqelarini saqlab qolishdi va ishlarini davom ettirishmoqda.
«Bizning maqsadimiz — O‘zbekistonda EdTechʼni rivojlantirayotgan xalqaro kompaniya yaratish va bolalar uchun IT-maktablar tarmog‘ini tuzishdir. Qo‘shilish bizga nafaqat miqyosni kengaytirishga, balki ta’lim yo‘nalishini kengaytirishga ham imkon beradi. Biz avval dasturlashtirish va dizayn asoslarga o‘qitgan bo‘lsak, endi Robototexnikani ham qo‘shyapmiz. Kelgusida — IT-mutaxassislar uchun ingliz tili va dasturchilar uchun matematika kurslarini ham qo‘shamiz», — deb bitimni sharhlaydi, MARS IT School hammuassisi Atxam Shaisayev.
Nega markazlarni sotib olish haqida qaror qabul qilingan edi?
Juniorcode va Robot Machines o‘zlarini muvaffaqiyatli o‘quv loyihalari sifatida namoyon qilishdi. Juniorcode — 21 mamlakatda 800 tadan ko‘p maktabga ega xalqaro franshiza bo‘lib, bu uni taniqli brendga aylantirgan. Robot Machines Robototexnikani o‘rgatish, ta’lim lagerlarini tashkil etish va shu sohada grant dasturlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan.
Bu maktablar bilan qo‘shilish MARS IT School o‘sishi strategiyasidagi mantiqiy qadam bo‘ldi. Bu rivojlanishni tezlashtirish, ta’lim sektorida mavqeni mustahkamlash va maktab o‘quvchilariga yangi imkoniyatlarni taklif qilishga ko‘maklashdi.
«Biz litsey birinchi kursdagilari uchun Robototexnika kurslarini yarata turib, kichik bir talabalar tashabbusi sifatida ish boshlagan edik. Besh yil davomida biz yettita filialiga ega, kuchli jamoaga aylandik va 1 000 nafardan ortiq bolaga ta’lim berdik, bizning master-klasslarimizga esa 500 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Xodimlar soni 35 kishigacha ko‘paydi, lekin vaqti kelib, o‘sishning so‘nggi nuqtasiga yetganimizni tushunib oldik. MARS IT School bilan qo‘shilish mantiqiy qadam bo‘ldi: tajriba va resurslarni birlashtirar ekanmiz, biz tobora professional mahsulot yaratamiz, geografiyani kengaytiramiz va O‘zbekistondagi bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantiramiz», - deb ta’kidlab o‘tdi, Robot Machines rahbari Akbar Imomov.
Ta’limda geymifikatsiya (o‘yin qoidalaridan foydalanish)
MARS IT School dasturlari amaliy o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab dasturini takrorlamaydi. Standart ma’ruzalar o‘rniga o‘quvchilar real loyihalar ustida ishlashadi. Motivatsiyani oshirish uchun maktabda geymifikatsiya tizimi joriy etilgan: mashg‘ulotlardagi faollik uchun o‘quvchilar “koin”lar olishadi, ularni foydali narsalarga - kompyuterning ko‘makchi uskunalaridan tortib, firma brendi tushirilgan buyumlargacha almashish mumkin. Misol uchun, o‘tgan yil avgustda o‘quvchilar o‘z muvaffaqiyatlari tufayli 150 dan ortiq brendli yuk xaltalarga ega bo‘lishdi.
«Biz ITni o‘rganish — oddiy bo‘lmagan jarayon ekanligini tushunamiz, shu bois, ta’limni o‘yinga aylantiramiz: baholar o‘rniga — ijobiy qo‘llab-quvvatlash. Mashg‘ulotlardagi muvaffaqiyatlar foydali mukofotlarga almashtirish mumkin bo‘lgan “koin”lar bilan taqdirlanadi. Biz jamoaviy ruh yaratamiz, amaliyotdagi mutaxassislarni jalb qilamiz va IT`dagi har bir qadam jozibali va oson bo‘lishi uchun hakatonlar uyushtiramiz», — deb qo‘shimcha qiladi Ruslan Yuldashev.
O‘quvchilarni qanday yangi narsalar kutmoqda?
Kengayish tufayli MARS IT School quyidagilarni taklif qiladi:
● Barcha filiallarda Robototexnika kurslari;
● Mashg‘ulotlarning kengaytirilgan jadvali: ta’lim olish ish kunlari ham, dam olish kunlari ham bo‘lib o‘tadi.
Telefon: +998 78 777 7757
Instagram: mars_it_school
Telegram: @mars_it_school
Reklama huquqi asosida