Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Ahmad ash-Shar’a yetakchiligidagi Suriya Tramp ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan muhim geosiyosiy shartlar qarshisida turibdi:
Tramp undan Isroil bilan Ibrohim kelishuvlarini imzolash, terrorchilarni Suriyadan chiqarib yuborishni so‘ragan. Xo‘sh, u endi nima qiladi?
“Geosiyosat”da Suriya atrofidagi so‘nggi voqeliklar yuzasidan siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Bektosh Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ahmad Ash-Shara Tramp qo‘ygan shartlarni bajaradimi?
Bektosh Berdiyev: Ahmad Ash-Sharaning Donald Tramp bilan uchrashgani – katta siyosiy voqea. Bugun Suriyani tiklash uchun juda katta mablag‘ kerak. Moliyaviy yordam beruvchi asosiy davlatlar – Saudiya Arabistoni va Qatar. Lekin bu ikki arab davlatining ham Amerika Qo‘shma Shtatlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq ma’qullashlarisiz Suriyaga yordam berish imkoniyati cheklangan. Chunki Suriyaga nisbatan e’lon qilingan sanksiyalar bor.
Iqtisodiy omildan tashqari, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat, ya’ni Isroil bilan bog‘liq muammolar jiddiylashmoqda. Isroil Suriyaning Jo‘lan tepaliklariga o‘z armiyasini joylashtirdi, shuningdek, Netanyahu Suriyaning yana urush girdobida qolishidan manfaatdor va ba’zi harakatlari shunga qarab ketyapti.
Ahmad Ash-Shara katta ehtimol bilan Trampning shartlariga rozi bo‘lib, Isroil bilan Ibrohim kelishuvlarini imzolasa kerak.
Shuningdek, Ahmad Ash-Shara hokimiyatini mustahkamlab olgach, jihodiy guruhlar xizmatidan ham voz kechsa kerak. Lekin keyingi masala borki, Ibrohim kelishuvlarini imzolagan Suriya Isroildan yoki Amerikadan qanday kafolat oladi? Chunki Ahmad Ash-Shara AQShning topshirig‘ini bajaryapti va mana shu holatlardagi mavhumliklar saqlanib turibdi.
— Suriyada bugungi asosiy o‘yinchi davlatlar qaysilar?
Kamoliddin Rabbimov: Suriyada aholining asosiy qismi sun’iy, lekin jamiyatning 10 foiz qismini tashkil etuvchi alaviylar hokimiyatni, mamlakat armiyasini va maxsus xizmatlarni boshqarib kelgan. Shuning uchun ham Suriyaga Eronning ta’siri hokimiyat orqali uzluksiz edi. Lekin alaviylarning o‘zlari kamchilik va u yerda alaviylardan tashqari bo‘lgan salohiyatli katta shia qatlami mavjud emas. Alaviylar Asadlar ketgandan keyin majruhlandi.
Asadlar ketishi bilan nafaqat Eronning ta’siri, balki parallel ravishda Rossiyaning ta’siri ham so‘na boshladi. Chunki boshida Ahmad Ash-Shara hokimiyatga kelganidan keyin Rossiyaning bu yerda qolishiga hattoki Isroil ham lobbilik qila boshladi. Shu vaqtgacha Isroil mintaqadagi Rossiyaning ishtirokidan manfaatdor emasdi, lekin u yerda Rossiyaning ikkita harbiy bazasi bor edi va mana shu harbiy bazalarning saqlanib qolishiga Isroil ma’lum bir muddat harakat ham qildi, lekin bu so‘nggi oylarda ish bermayapti. Chunki Ahmad Ash-Shara yoki arab davlatlari, jumladan, Turkiya ham bu yerdan sekin Rossiyani xafa qilmasdan, hattoki asabiga tegmasdan chiqarib yuborishga harakat qilyapti. Asosiysi, Rossiya bilan aloqalarni qattiq uzmaslik yoki eshikni qattiq yopmaslikka harakat qilinyapti.
***
Suhbat davomida Suriyaga ta’sir qilish salohiyatiga ega davlatlarning manfaati, Ahmad Ash-Shara Tramp shartlarini qabul qilsa uning siyosiy hayotidagi kutilmalar va bugungi Suriya atrofidagi geosiyosiy muhim jarayonlar haqida so‘z bordi.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube'da tomosha qilishingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Jahon | 22:21
-
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13
-
Boysun o‘rmonida yirik yong‘in, muammoli avtobus bekatlari, vasiy tayinlangan yuzlab bolalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:03
-
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi
Jahon | 21:59
Mavzuga oid

10:15
Eron AQSh bilan to‘qnashadimi? Ekspertlar fikri

13:36 / 17.06.2025
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

14:24 / 16.06.2025
🔴LIVE: Ikki tomon ham to‘xtamoqchi emas. Isroil-Eron urushi – ekspertlar nazarida

11:12 / 15.06.2025