Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi
AQSh prezidenti 20 martda Ta’lim vazirligini yopishga oid farmonni imzolagan edi. Massachusets sudi vazirlik faoliyatini to‘liq tiklash bo‘yicha qaror chiqardi.

Foto: AP
Massachusets okrug sudi Donald Trampga AQSh Ta’lim vazirligi faoliyatini to‘liq tiklash majburiyatini yukladi, deb xabar beradi CNBC.
«Departament o‘z funksiya va majburiyatlarini, shuningdek, Kongress tomonidan belgilangan boshqa qonunchilik aktlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», — deyiladi federal sudya Men Chjunning qarorida.
Shunday qilib, prezident ma’muriyati vazirlikning 1,3 mingdan ortiq xodimini lavozimga tiklashi kerak bo‘ladi.
Donald Tramp 20 mart kuni Ta’lim vazirligini qisqartirish jarayonini boshlashga oid farmonni imzolagan edi. Unda ta’lim vaziri Linda Makmahonga «Ta’lim vazirligining yopilishini ta’minlash va ta’lim sohasidagi vakolatlarni shtatlarga qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish» topshirilgan. Farmon imzolanganidan bir necha kun o‘tib, o‘qituvchilar kasaba uyushmalari va huquq himoyachilari prezident ma’muriyati ustidan sudga shikoyat kiritgan.
Da’voga ko‘ra, ish o‘rinlarining bunday qisqartirilishi ta’lim vazirligini butunlay falajlaydi, oqibatda departament o‘z funksiyalarini bajarolmay qoladi. Bu esa AQSh konstitutsiyasiga zid, Kongress vakolatlari cheklanmoqda.
«Chunki vazir Makmahonga qonuniy funksiyalarni yo‘q qilish yoki buzishga ruxsat berilmagan, u qonun bilan belgilangan ruxsatdan tashqari vazirlikning mas’uliyatini boshqa agentlik yoki tashkilotga o‘tkaza olmaydi», — deyilgan edi arizada.
Tramp vazirlikni yopish qarorini davlat xarajatlarini qisqartirish dasturi doirasida qabul qilgan. U shuningdek, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi kabi boshqa tashkilotlar ham yopilishini aytgan. Ammo bu uning vazirlik darajasidagi idorani yopish yo‘lidagi birinchi urinishi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

22:26 / 19.06.2025
Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV

12:23 / 19.06.2025