O‘zbekistonning birinchi elchisi Albaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u 2023 yilda shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, AEXA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda yozuvchilar Microsoft kompaniyasini sudga berdi
Jahon | 17:24
-
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Jahon | 16:21
-
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi
Jahon | 16:00
-
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:39
Mavzuga oid

19:10 / 21.06.2025
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat

20:21 / 12.06.2025
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi

16:21 / 29.05.2025
O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

16:09 / 28.05.2025