Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yozuvchilar Microsoft kompaniyasini sudga berdi
Ular texnologik kompaniya o‘zining Megatron sun’iy intellekt modelini o‘qitishda asarlarning noqonuniy qo‘lga kiritilgan raqamli nusxalaridan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Foto: Reuters
AQShda bir necha yozuvchi Microsoftʼga qarshi Nyu-York Federal sudiga da’vo arizasini kiritdi. Kompaniya Megatron nomli sun’iy intellektini o‘qitishda asarlarning noqonuniy qo‘lga kiritilgan raqamli nusxalaridan foydalanganlikda ayblanmoqda, deb yozadi Reuters.
Da’vo arizasini imzolaganlar qatorida Kay Berd, Jia Tolentino, Deniel Okrent kabi yozuvchilar ham bor. Arizada ta’kidlanishicha, Microsoft o‘zining sun’iy intellektini o‘qitishda mualliflar roziligisiz qariyb 200 mingta kitobdan iborat ma’lumotlar bazasidan foydalangan. Da’vogarlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu materiallar matnlar, mualliflik uslubiga, leksika, sintaksis va o‘zgalarning asarlari mavzusiga taqlid qilishga qodir generatsiyani amalga oshirish qobiliyatiga ega modelni yaratishga yordam bergan. Ularning fikricha, gap mualliflik huquqlarining keng ko‘lamli buzilishi haqida ketmoqda.
Sudga shikoyat Kaliforniya sudining Anthropic texnologik kompaniyasiga qarshi shunga o‘xshash ish yuzasidan qaror qabul qilganidan bir kun o‘tib kiritilgan. Federal sudya kompaniya o‘zining SI modellarini e’lon qilingan kitoblar asosida, mualliflar ruxsatisiz o‘qitish huquqiga ega deya texnogigant foydasiga qaror chiqargan. Mazkur qaror AQShda bu turdagi birinchi hodisaga aylandi.
Da’vogarlar Microsoft o‘zining sun’iy intellektini ularning ishlaridan foydalangan holda o‘qitishni to‘xtatishi kerakligini talab qilyapti. Ular kompensatsiya sifatida har bir asar uchun 150 ming dollar talab qilgan. Yetkazilgan ehtimoliy zarar summasi hozircha oshkor etilmagan. Da’vogarlar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, buning oqibati butun sun’iy intellekt sohasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Microsoft yuristlari sudga kiritilgan da’voga izoh bermadi. Mualliflar guruhi avtokati ham ishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ma’lumot berishdan bosh tortgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
Mavzuga oid

08:40 / 23.07.2025
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi

15:08 / 21.07.2025
Dunyo biznesi so‘nggi soatlarda

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

23:22 / 15.07.2025