Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Oliy rada odamlar «saylovda o‘zlarining asosiy konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshira olishlari» uchun «turli bazaviy ssenariylarni» tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty images
Ukraina Oliy radasi urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda parlament spikeri Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.
«Biz ushbu qonun loyihasini ishlab chiqyapmiz, axir keyingi saylovlarni o‘tkazish uchun yangi maxsus qonun loyihasi zarur — u urushdan keyingi saylovlarni tartibga soladi», — deydi Stefanchuk.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada urush tugaganidan keyin ko‘plab chaqiriqlar kutilmoqda va parlament odamlar «saylovda o‘zlarining asosiy konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshira olishlari» uchun «turli bazaviy ssenariylarni» tayyorlayapti. «Va bu Ukrainada bo‘lib o‘tishi kerak. Biz bu boradagi to‘g‘ri qonunchilik murosasini topishga muvaffaq bo‘lamiz deb o‘ylayapman», — deydi Stefanchuk.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yilning martida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo harbiy holat tufayli u bekor qilingan. Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan keyin Oq uy Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini talab qila boshladi. Kreml esa bir necha bor Volodimir Zelenskiyni «nolegitim» prezident deb atadi. 2025 yil mayda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukraina hukumati prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi, biroq u saylovlar qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmagan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

13:11
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda

12:04
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi

11:41
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

18:40 / 08.07.2025