O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
Bahrayndagi elchi Nodirjon Turg‘unov bir vaqtning o‘zida Iordaniyada ham elchilik qiladi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov 28 may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki do‘st davlat o‘rtasida mustahkam tarixiy va madaniy aloqalar mavjudligi alohida ta’kidlandi.
Siyosiy muloqotni kengaytirish istiqbollari, jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflarni tashkil etish va qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va hukumatlararo komissiya majlislarini o‘tkazish orqali muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar. Iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, sayyohlik almashinuvini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalq diplomatiyasini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida O‘zbekiston va Iordaniya poytaxtlarida Madaniyat kunlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993 yil 15 fevralda o‘rnatilgan.
Nodirjon Turg‘unov 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida Ar-Riyoz shahriga borgan edi. Shuningdek, u 2024 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. 2025 yil aprel oyida esa u bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
-
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi
O‘zbekiston | 23:25 / 19.06.2025
-
Saida Mirziyoyevani e’tirof etgan Putin, Parkentda quriladigan kurort va O‘zbekistondan ketayotgan Magnum – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:56 / 19.06.2025
-
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi
Jahon | 22:37 / 19.06.2025
Mavzuga oid

20:21 / 12.06.2025
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi

19:01 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

15:01 / 28.05.2025