Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi
Sardor Rustamboyev mamlakat prezidenti Muhammad Muizzuga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasiga tayinlangan birinchi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida joylashgan) Sardor Rustamboyev mamlakat prezidenti Muhammad Muizzuga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Maldiv o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Prezident Muhammad Muizzu Maldiv Respublikasi O‘zbekiston bilan BMT, IHT, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, jumladan, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Alohida e’tibor turizm va oliy ta’lim yo‘nalishida sheriklikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida Maldiv Respublikasi talabalarini o‘qitish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochish, viza rejimini soddalashtirish va qo‘shma sayohat paketlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi tashriflar tashkil qilish, tadbirkorlar va boshqa soha vakillari delegatsiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr bildirdi.
O‘zbekiston va Maldiv Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1994 yil 7 dekabr kuni o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi elchisi Sardor Rustamboyev Dehlida 2024 yil yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlagan. Bundan oldin u Fransiya va Portugaliyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

07:56 / 09.07.2025
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi

22:49 / 07.07.2025
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

19:10 / 21.06.2025
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat

16:21 / 29.05.2025