«Urushgamas, mashg‘ulotga». Asir tushgan shimoliy koreyaliklar haqida nimalar ma’lum?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain harbiylari Kursk oblastida asirga olgan shimoliy koreyalik ikki nafar askarni Rossiyadagi ukrain harbiy asirlariga almashishga tayyor. Kremldagilar bu taklifga munosabat bildirishdan bosh tortgan. Asirlardan biri o‘z ko‘rsatmasida KXDRga qaytishni emas, Ukrainada qolishni istashini bildirgan.
Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlariga qarshi jang qilgan KXDR harbiylari asir olinib, Kiyevga olib borilgani haqida ukrain rasmiylari o‘tgan hafta oxirida xabar bergandi. Yakshanba kuni Zelenskiy tergov videosi va shimoliy koreyaliklarning fotosuratlarini e’lon qildi.
«Shimoliy Koreyalik ilk asirlardan tashqari, shubhasiz, boshqalari ham bo‘ladi. Yigitlarimiz yana asir olishi vaqt masalasi, — degan Zelenskiy. — Ukraina Kim Chen Inga uning odamlarini berishga tayyor, agar u Rossiya asirligida bo‘lib turgan bizning jangchilarga almashtirishni tashkil eta olsa».
Dushanba kuni Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.
«U yerda qaysi gap haqiqatga to‘g‘ri kelishi, kim kimga nimani taklif qilganini bilmaymiz. Biz ehtimoliy almashuvlarni muhokama qilish jarayonini davom ettiramiz. Biz bundan manfaatdormiz. Jarayon oson emas. Ammo asirlikdagi har bir harbiyimizning hayoti biz uchun muhim», — deya Peskovning so‘zlarini keltirgan «Vy slushali Mayak» telegram-kanali.
Asir tushganlar kim?
Ukraina xavfsizlik xizmati 9 yanvar kuni asir olingan ikki shimoliy koreyalik Kiyevda ekani va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi. Ular faqat koreys tilida gapirishgan, ular Janubiy Koreya razvedkasi xodimlari ishtirokida so‘roq qilingan.
Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, harbiylardan birining yonidan rossiyalik boshqa bir harbiyga berilgan guvohnoma topilgan. Asirning o‘zi 2005 yilda tug‘ilgani va KXDR armiyasida 2021 yildan buyon o‘qchi sifatida xizmat qilishini aytgan. U KXDRga qaytishni istaysanmi, deya berilgan savolga Ukrainada qolishni istashini aytgan.
Asirlardan biri Rossiyaga urushgamas, mashg‘ulotga ketyapman deb o‘ylaganini aytgan, shu bilan birga, unga Rossiya hujjati 2024 yil kuzida berilgan. Shuningdek, u Shimoliy Koreyaning ayrim bo‘linmalari o‘sha vaqtda bir necha haftalik mashg‘ulot o‘tkazganini aytgan.
Ikkinchi askarning yonida hech qanday hujjat bo‘lmagan. Jag‘idagi jarohati tufayli yozma ko‘rsatma bergan ushbu harbiy o‘z ko‘rsatmasida 1999 yilda tug‘ilgani va 2016 yildan buyon KXDR armiyasida razvedkachi mergan sifatida xizmat qilib kelishini aytgan.
Tuvalik fuqaro nomidagi harbiy guvohnoma
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy birining boshi va jag‘i, ikkinchisining ikkala qo‘li bog‘langan ikki asirning fotosuratlarini e’lon qilgan. «Rossiya armiyasi Shimoliy Koreya harbiy yordamiga muhtoj bo‘lib qolganiga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak», — degan u.
Zelenskiy shuningdek Rossiya harbiy guvohnomasi fotosuratini tarqatgan — unda hujjat Tuvada yashovchi, 1998 yil oktyabrida Turan shahrida tug‘ilgan Antonin Aranchinga berilgani ko‘rsatilgan.
«Agenstvo» agentligi aniqlik kiritishicha, Antonin Aranchin — hayotda bor odam. Xuddi shu ism va familiyali, shu yil va kunda tug‘ilgan kishi Tuvada yashaydi. Uning shaxsiy ma’lumotlaridagi yagona farq — tug‘ilgan joyi: harbiy guvohnomada Turan shahri ko‘rsatilgan, Aranchinning pasportida — Erzin qishlog‘i (bu ham Tuvada). «Agenstvo» Aranchin va uning oilasi a’zolari bilan bog‘lana olmagan.
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda shimoliy koreyalik harbiylardan foydalanishini inkor etmagan. Vladimir Putin o‘tgan yil oktyabrida bunday qo‘shinlarni joylashtirish yoki joylashtirmaslik o‘z mamlakatining «suveren qarori» ekanini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi
Jahon | 21:30
-
Chet elliklar Rossiyaga kirish rejalari haqida uch kun oldin xabar berishi kerak
Jahon | 21:12
-
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi
O‘zbekiston | 21:05
-
Gvatemaladan mayyalarning salkam 3 ming yillik shahri xarobalari topildi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

21:30
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi

18:55
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

18:22
Ukrainaning tinchlik memorandumi mazmuni ma’lum bo‘ldi

12:31