Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi
AQSh prezidenti Donald Trampning RF prezidenti Vladimir Putinga qaratilgan ketma-ket tanqidlari va G‘arb Ukrainaning Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashiga ruxsat berish bilan tahdid qilgani fonida, Moskva Kiyev bilan muzokaralarning ikkinchi raundini belgiladi. Tomonlar 2 iyun kuni yana Istanbulda uchrashadi.

Rossiya Ukraina bilan muzokaralarning ikkinchi raundini 2 iyun kuni yana Istanbulda o‘tkazishni taklif qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu uchrashuvda tinchlik shartlari bo‘yicha memorandumni taqdim etishga va zarur tushuntirishlar berishga tayyor. Delegatsiyaga avvalgidek prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi.
16 may kuni Istanbulda so‘nggi uch yildagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilgan edi. Taxminan ikki soat davom etgan muloqotda “1000 ga 1000” formatida asirlarni almashish, ikki tomon otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlarini bir-biriga yozma hujjat shaklida taqdim etishi va yana uchrashish haqidagi kelishuvlarga erishilgandi. 23-25 may kunlari Rossiya va Ukraina o‘rtasida eng yirik harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi: birinchi kuni 270 nafardan harbiy va 120 nafardan fuqarolar, ikkinchi kuni 307 nafar, uchinchi kuni 303 nafar harbiy almashildi.
Muzokaralar tarixi
2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga keng miqyosda bostirib kirgach, ilk muzokaralar oradan 4 kun o‘tib, 28 fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida boshlangan, lekin bir necha bosqichdan keyin muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Fevral va mart oylarida dastlab Belarusda, keyin Turkiyada o‘tgan dastlabki muzokaralarda sezilarli diplomatik yutuqlar kuzatilmagan bo‘lsa-da, tomonlar gumanitar masalalar bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishgandi. BMT va Turkiya vositachiligida Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali erkin eksport qilish hamda asirlar almashuvlari shular jumlasidan.
2022 yildagi muzokaralarning muhim jihati shunda ediki, unda Ukraina harbiy jihatdan betaraflik maqomini muhokama qilishga tayyor edi. Keyinchalik sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda Kiyev bir qator davlatlarning xavfsizlik kafolatlari evaziga NATOga a’zo bo‘lmasdan, neytral davlat va yadro qurolidan xoli davlat maqomini olish masalasini ko‘rib chiqishga ochiq bo‘lgan. Qrim va Donbass masalalari bo‘yicha alohida muzokaralar uchun 15 yillik muddat belgilanishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay muzokaralar oxir-oqibat baribir barbod bo‘ldi. Front chizig‘idagi harbiy muvaffaqiyatlar va mag‘lubiyatlarga bog‘liq holda ikkala tomon ham: “Urushni davom ettirib, hammasini frontda hal qilamiz” degandek bo‘ldi. Bunda G‘arb davlatlari, ayniqsa Jo Bayden boshchiligidagi AQSh va Boris Jonson rahbarligidagi Britaniyaning pozitsiyasi ham muhim o‘rin tutdi.
3 yil ichida ilk muzokara
Istanbulda oxirgi marta 2022 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyingi 3 yil diplomatik turg‘unlik davri bo‘ldi. 2025 yilda Donald Tramp urushni tugatish va’dasi bilan AQSh hokimiyatiga kelgach, Amerikaning urushga munosabati keskin o‘zgardi. Tramp avvaliga Ukrainaga jiddiy bosim qilib, tinchlikka ko‘ndirish yoki hatto majburlashning uddasidan chiqdi. Lekin to‘rt oydirki, u Vladimir Putinni otashkesimga ko‘ndira olmayapti.
Shunga qaramay, yuzma-yuz muzokaralar qayta boshlandi. Lekin shartlar endi avvalgidek emas. Frontda ustunlikka ega Rossiya hozir urushni to‘xtatadigan payt emas deb hisoblayotgandek.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi
O‘zbekiston | 14:10
-
Toshkentda “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:30
-
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi
Jahon | 13:24
-
XJS Netanyahu va Gallantni hibsga olishga order bergan sudyalarga qarshi AQSh sanksiyalarini qoraladi
Jahon | 13:22
Mavzuga oid

13:06
Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

09:23
Rossiya harbiy bazalarda samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurmoqda

08:00
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi

21:39 / 08.06.2025