Jahon | 18:55 / 30.05.2025
5344
2 daqiqa o‘qiladi

Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

Biroq, Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati buni rad qilmoqda.

Foto: rbc.ua

30 may kuni Rossiyaning Vladivostok shahridagi Desantnaya ko‘rfazida portlash sodir bo‘ldi.

Bu Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining (GRU) «muvaffaqiyatli operatsiyasi natijasidir», deb yozdi «RBK-Ukraina» o‘z manbalariga tayanib.

Ukraina ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Rossiyaning 155-alohida dengiz piyoda qo‘riqchilari brigadasi 47-alohida havo hujumi bataloni joylashgan hududda ikkita portlash sodir bo‘lgan: biri nazorat punkti yaqinida, ikkinchisi shaxsiy tarkib va ​​qo‘mondonlik joylashgan hududda. Oqibatda qurbonlar bo‘lgani, harbiy texnika va maxsus texnikaga zarar yetgani da’vo qilinmoqda. Manbalar bunga hech qanday dalil keltirmagan.

Nashrning qayd etishicha, 155-dengiz piyodalari brigadasi Rossiya-Ukraina urushida, jumladan Mariupol, Donetsk viloyatidagi Ugledar va Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan.

Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati Vladivostokdagi portlashlar «avtomobillardan birida propan-butan aralashmasi balloni yonishi» tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Viloyat terrorizmga qarshi kurash komissiyasi hodisa oqibatida qurbonlar yo‘qligi haqida xabar berdi. Shu bilan birga, portlashlardan oldin, OAV yozganidek, ko‘rfazga olib boradigan yo‘l to‘sib qo‘yilgan va hududda vertolyot ko‘ringan.

Mavzuga oid