Kosta-Rikada Poas vulqoni harakatga keldi
Vulqon harakatga kelishidan oldin zilzila kuzatilmagan, biroq atrofdagi hududlarda oltingugurt hidi tarqalgan. Vulqon otayotgan kul ustunlari balandligi 3-4 kmga yetgan.

Foto: elcomercio.com
Kosta-Rikadagi Poas vulqoni harakatga keldi. Vulqon otayotgan kul ustunlari balandligi 3-4 kilometrga yetmoqda, deb xabar beradi El Commersio.
Qayd etilishicha, vulqon otilishi maydoni 3250 kilometr kvadratni tashkil etadigan Markaziy vodiyning istalgan nuqtasidan ko‘ringan.
21 aprel kuni soat mahalliy vaqt bilan 15:00 holatiga ko‘ra, yaqin atrofidagi aholi punktlariga kul tushishi kuzatilmagan. Shamol yo‘nalishi sabab kul Gresiya, Sarchi va San-Karlos kantonlari tomon harakatlanishi mumkin. Poas atrofidagi hududlar va Toro-Amarilo okrugida xavfning «sariq» darajasi e’lon qilingan.
Vulqon harakatga kelishidan oldin zilzila kuzatilmagan, biroq atrofdagi hududlarda oltingugurt hidi tarqalgan. Tabiiy ofat Xuan Santamariya nomidagi xalqaro aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Poas vulqoni dengiz sathidan 2708 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uning cho‘qqisida diametri 1,5 kilometrga yetadigan ikkita krater mavjud.
Avvalroq Filippindagi Negros orolida Kanlaon vulqoni harakatga kelgani, hududda uchinchi xavf darajasi e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi
Jahon | 02:03
-
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Moskva Ukrainaga qarshi «abadiy» urushishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:01
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
Mavzuga oid

19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

22:37 / 08.04.2025
Filippindagi Kanlaon vulqoni harakatga keldi

19:02 / 03.04.2025