Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Moskva Ukrainaga qarshi «abadiy» urushishga tayyorligini ma’lum qildi
Shu bilan birga, Vasiliy Nebenzya Rossiya qator talablari bajarilishi sharti bilan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini ham ta’kidladi.

Foto: AP
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskva Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzni cheksiz muddat davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. «Maxsus operatsiyamiz maqsadlariga tinch yo‘l bilan ham, harbiy yo‘l bilan ham erishish mumkin. Bizning qurolli kuchlarimiz qancha talab etilsa, shuncha jangovar harakatlarni davom ettirishga va oshirib borishga qodir», — deydi u.
Shu bilan birga, Nebenzya Rossiya qator talablari bajarilishi sharti bilan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini ta’kidladi. Ular orasida — Ukrainada safarbarlik va g‘arb davlatlari tomonidan harbiy yordamlar ko‘rsatilishini to‘xtatish ham bor.
Nebenzyaning «abadiy» urush haqidagi bayonoti Istanbul muzokaralarida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy ritorikasiga mos keladi. The Economist ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi muzokaralar davomida Medinskiy Ukrainadan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojjya oblastlarini Rossiya nazorati ostiga berishni talab qilgan. Aks holda u Sumi va Xarkiv oblastlariga hujum tahdidini bildirgan va XVIII asrda Shvetsiya bilan boshlangan qarama-qarshilikka ishora qilib, Moskva urushni «abadiy» davom ettirishga tayyorligini ta’kidlagan.
Ushbu muzokaralar biror-bir jiddiy natijalarsiz yakunlandi. Bloombergʼning yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati uning fonida Medinskiyning muzokaralar jarayonidan chetlatilishini talab qila boshlagan.
Tomonlarning navbatdagi uchrashuvi 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Uni o‘tkazish g‘oyasi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovdan chiqdi. Kiyev tinchlik memorandumni tayyorlab qo‘ygan va yangi maslahatlashuvlar oldidan takliflarni almashishni talab qilmoqda. Ammo Moskva hozirga qadar o‘zi tomonidan tayyorlangan bu turdagi hujjatni taqdim etmadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin
Jahon | 22:31
-
Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi
Jahon | 22:25
-
Bu urushda Isroil o‘z tarixidagi eng yirik talafotlarga uchradi - ekspertlar
Jahon | 21:49
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga bordi, attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha yopiladi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:43
Mavzuga oid

19:19
Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

16:21
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV

13:06
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

11:12