Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Yangi qoidalarni buzganlik uchun jarima 135 yevroga teng. «Bolalar bor joydan tamaki yo‘qolishi kerak», dedi Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri.

Foto: Reuters
Fransiyada 1 iyuldan voyaga yetmagan shaxslar yurishi mumkin bo‘lgan ochiq havodagi barcha joyda tamaki chekish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat mehnat, sog‘liqni saqlash, birdamlik va oila vaziri Katrin Votren ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bog‘lar, plyajlar, shuningdek, maktab, avtobus bekati va sport maydonchlari yaqinidagi hududlar ham cheklovga kiritiladi.
Yangi qoidalarni buzganlik uchun jarima 135 yevroga teng. Cheklovlar elektron tamaki chekish, bar va kafelar terrasalarida tarkibida nikotin bor har qanday turdagi mahsulotlarni iste’mol qilishga taalluqli emas.
«Bolalar bor joydan tamaki yo‘qolishi kerak», — deydi vazir. Katrin Votner Immanuel Kantning mashhur iborasini o‘zgartirib, «chekish erkinligi bolalarning toza havodan nafas olish erkinligi boshlanadigan joyda tugashi kerak», dedi.
Bunday taqiq mamlakatning ayrim munitsipalitetlarida allaqachon amalda. Endi u federal darajada kuchga kiradi. 2026 yil o‘rtalarida qadar Katrin Votren elektron tamakilar tarkibidagi nikotin darajasini kamaytirish va ular uchun mo‘ljallangan aromatizatorlarni qisqartirishga erishish niyatida.
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi

14:00 / 27.05.2025