O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
Yopiq hujjatlar asosida u yoki bu faoliyat bo‘yicha eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritgan kompaniyalar reyestrga kiritilmagan.

Foto: Yandeks-xaritalar
Raqobat qo‘mitasi eksklyuziv huquqlarga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar reyestrini e’lon qildi.
Reyestrga 81 ta faoliyat turi bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega 67 ta kompaniya kiritilgan.
Yopiq hujjatlar asosida berilgan eksklyuziq huquqlar egalari alohida reyestrda yuritilishi ma’lum qilingan.
Ochiq reyestrga kirgan korxonalarning aksariyati davlatniki bo‘lib, ularning katta qismi – qurilish sohasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi bir nechta korxonalarga u yoki bu yo‘nalishda eksklyuziv huquqlar berilgan.
Reyestrda qishloq xo‘jaligi, geologiya, farmatsevtika, turizm, sug‘urta va nashriyot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir nechta korxonalarni ko‘rish mumkin.
Energetika sohasidan, gidroenergetika tarmog‘idagi ayrim tashkilotlar, shuningdek, “O‘zenergosotish” (elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish), UzGasTrade (tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish) hamda Milliy dispetcherlik markazini ro‘yxatda ko‘rish mumkin.
Reyestrdagi kam sonli xususiy shirkatlar qatoridan “CRPT Turon” MChJ joy olgan. Bu korxona ikkita eksklyuziv huquqqa ega: (1) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga operatorlik qilish hamda (2) majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish shular jumlasidan.
So‘nggi vaqtlarda Piskent avtopoligoni sabab tez-tez jamoatchilik e’tiboriga tushayotgan O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) “davlat nazorati bilan bog‘liq sinovlarni amalga oshirish” bo‘yicha alohida huquqqa ega.
Ayni paytda, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining operatori – Information Technology Center (AQSh) reyestrga kiritilmagan.
Shuningdek, foydali qazilmalarga kirish va ularning eksporti bo‘yicha eksklyuziv huquqqa egaligi aytiladigan kompaniyalar ham ochiq reyestrdan joy olmagan.
“Eksklyuziv huquqlar xo‘jalik yurituvchi subektlarga foydalanilishi, tarqatilishi va taqdim etilishi qonun bilan cheklangan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilganligi aniqlangan taqdirda, ularning reyestri belgilangan tartibda alohida yuritiladi”, – deyiladi ochiq reyestr so‘ngida taqdim etilgan izohda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

07:51 / 25.04.2025
Texinspeksiya «Dubay shokoladi»da xavfli bakteriyalarni aniqladi

16:59 / 16.04.2025
O‘zbekiston rasmiylari Xitoyga borib, Leapmotor zavodida “texnik audit” o‘tkazadi

22:54 / 14.04.2025
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor

20:59 / 14.04.2025