Leapmotor avtomobili Piskentdagi sinovda ijobiy natija ko‘rsatdi. Taqiq hali yechilmadi
14 aprel kuni Leapmotor C16 rusumli elektromobil ushbu brendning Xitoydan kelgan vakili ishtirokida Piskentda qayta sinovdan o‘tkazildi. Elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyasi boshlig‘iga ko‘ra, sinovda avtomobil belgilangan elektromagnit normasiga muvofiqligi tasdiqlangan. Bu brendga qo‘yilgan cheklov bekor qilingani haqida hozircha e’lon qilinmadi.
14 aprel kuni Piskentdagi avtomobil laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovda Leapmotor C16 rusumli avtomobil elektromagnit moslashuvchanlik testidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Mart oyi oxirida bu modeldagi elektromobilda “elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori” degan vaj bilan, Leapmotor brendi ostidagi barcha modellarga muvofiq sertifikati berish uchun arizalar qabuli to‘xtatib qo‘yilgandi.
Shundan keyin Xitoy kompaniyasi belgilangan standartlarga mos, adolatli va xolis qayta tekshiruvni talab qilgandi.
14 aprel kuni kompaniya vakili ishtirokida xuddi shu rusumdagi, lekin boshqa elektromobil sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija olindi.
“Mutaxassis sifatida aytadigan bo‘lsam, sinov natijasi belgilangan talab va me’yorlarga javob beradigan darajada chiqdi. Oldingi sinovda, belgilangan me’yordan oshib ketgani uchun nomuvofiq chiqqandi”, – dedi elektromagnit moshlashuvchanlik laboratoriyasi shu’ba boshlig‘i Davron Abdurashidov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovda salbiy natija ko‘rsatgan avvalgi avtomobilda ayrim detallar o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.
Leapmotor brendi vakili Gu Zhiven bunday muammoli holat birinchi marta kuzatilayotganini aytdi.
“Boshqa davlatlarda shu paytgacha unaqa muammo bo‘lmagan edi. Masalan, Qozog‘iston yoki boshqa davlatlarda ham. Sababi Xitoyda barcha standartlardan o‘tib keyin eksport qilinadi. Mashinamizda aniqlangan kamchilikni tasdiqlamayman. Chunki mashina kelishidan oldin unga nima qo‘shilganini bilmaymiz. Hozir testdan o‘tkazdik, biz kutganday yaxshi natija berdi. Elektron moshlashuvchanlik hamma davlatda har xil, masalan 10 norma bo‘lsa-yu, 9 chiqsa 10 ga ilinib o‘tadi. Biz minimum qilmaymiz. Belgilangan normaga harakat qilamiz. Bizning mashinada aniqlangan holat Xitoy bozoriga ham ta’sir qildi. Bu testning javobi Xitoyga ham kerak” – deydi u.
Sinovlarni o‘tkazayotgan UzTest markazi test ijobiy natija bergan bo‘lsa-da, hali Leapmotor brendidagi avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabulini ochish qaroriga kelgani yo‘q. Markaz vakillariga ko‘ra, bu masaladagi qaror tez orada e’lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
-
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston | 19:00
-
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

11:55
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?

07:51 / 25.04.2025
Texinspeksiya «Dubay shokoladi»da xavfli bakteriyalarni aniqladi

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

17:24 / 22.04.2025