AQSh demokratlari Trampni «insayderlik»da aybladi
Trampning tarif bo‘yicha izohlari demokratlar o‘rtasida munozaralarga sabab bo‘lib, bozorni manipulyatsiya qilish haqidagi ayblovlarni keltirib chiqardi.

Foto: Anadolu Agency
AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda «hozir xarid qilish uchun ajoyib vaqt» deb yozib, Xitoydan tashqari barcha davlatlarga qo‘shimcha tariflar joriy etilishining 90 kunga to‘xtatilishini e’lon qilganidan keyin fond bozorlari faollashdi. Oqibatda Oq uy rahbariga nisbatan insayder savdosi bo‘yicha ayblovlar paydo bo‘ldi, deb yozdi Anadolu.
Demokrat senator Adam Shiff so‘zlariga ko‘ra, Tramp tomonidan «dastlab o‘rnatilgan va keyin bekor qilingan» tariflar fond bozorlarida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Shiff siyosatdagi doimiy o‘zgarishlar insayder savdosi uchun xavfli imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
«Ma’muriyatda Trampning tarif qarori haqida kimlar oldindan bilar edi? Jamoatchilikda bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanib, aksiyalarni sotib olish va sotish orqali pul ishlab topganlar bo‘ldimi? Men bu haqda Oq uyga yozdim. Odamlar bu haqda bilishga haqli», dedi Shiff.
Demokrat senator Elizabet Uorren, shuningdek, ishchilar va kichik korxonalar katta zarar ko‘tarayotgan paytda Tramp o‘zining Wall Street donorlariga foyda keltirishi uchun bozorni manipulyatsiya qilganmi yoki yo‘qligini tekshirishga chaqirdi. Uorren qo‘shimcha qildi: «Tramp insayderlarga tariflarning keskin o‘zgarishidan foyda olishga yordam berdimi? Bu shunchaki korrupsiyaga o‘xshaydi».
AQSh prezidenti Tramp 9 aprel kuni Truth Social platformasidagi postida «hozir xarid qilish uchun ajoyib vaqt», deb yozdi. Biroz vaqt o‘tgach, u Xitoyga nisbatan boj tariflari 125 foizga oshirilishini, boshqa davlatlar uchun qo‘shimcha tariflar esa 90 kunga to‘xtatilishini e’lon qildi.
Trampning birinchi xabaridan keyin fond bozorlari beqaror edi. Biroq Xitoydan tashqari barcha davlatlarga tariflar to‘xtatilishi haqidagi xabardan so‘ng, fond bozorlarida keskin ko‘tarilish yuz berdi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
Jahon | 14:39
-
Harvarddagi mojaro, geosiyosiy tanlov oldida qolgan Serbiya va Rossiyaga tahdid qilgan G7 – kun dayjesti
Jahon | 14:21
-
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:01
-
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Jahon | 13:59
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025