Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
AQShning yangi siyosatidan maqsad - keyingi 25 yil ichida atom energiyasi ishlab chiqarishni to‘rt barobarga oshirish.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp 23 may, juma kuni AQShda atom energiyasidan foydalanishni sezilarli darajada kengaytirishga qaratilgan to‘rtta farmonni imzoladi. Ulardan biri Yadroviy tartibga solish komissiyasining radiatsiya ta’siri maqbul darajalariga haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish-bo‘lmasligini baholashni talab qiladi. Trampning farmonlari, shuningdek, komissiyadan 18 oy ichida yadroviy reaktor qurilishini tasdiqlashni talab qilishi kutilmoqda, bu esa odatda yillar davom etadigan jarayonni tezlashtiradi, deb yozadi The Hill.
Tramp tomonidan imzolangan yana bir hujjat energetika va mudofaa departamentlariga federal yerlarda yadroviy reaktorlar qurish imkonini beradi, bu esa yadro energiyasidan mudofaa ehtiyojlari va sun’iy intellekt (SI) operatsiyalari uchun foydalanish imkonini beradi, deya qayd etadi The Hill. Tramp bu sohada Xitoy va Rossiyaga qaramlikdan qutilish uchun AQShda uran qazib olish va boyitishni ham kengaytirish niyatida.
Reuters ta’kidlaganidek, Tramp ma’muriyati sun’iy intellektning rivojlanishi tufayli o‘n yilliklar ichida birinchi marta elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishiga duch kelmoqda. Reuters eslatishicha, Tramp prezidentlikka kelgan birinchi kunidayoq milliy energetika bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgan.
AQSh energetika vaziri Kris Raytning aytishicha, sun’iy intellekt uchun zarur bo‘lgan yangi energiya manbalari va ma’lumotlar markazlarini ishlab chiqish «Manhetten loyihasi-2»(Ikkinchi jahon urushi davrida AQShning yadroviy qurol yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturi)ga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Jahon | 16:21
-
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi
Jahon | 16:00
-
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:39
-
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat | 15:04
Mavzuga oid

14:40
“IELTS’dan 9 ball, SAT’dan 1600 ball” - Jons Hopkinsdan 380 ming dollarlik grant yutgan Boburjon Baxtiyorov hikoyasi

22:29 / 28.06.2025
Detroytda vertolyotdan pul sochildi

17:35 / 28.06.2025
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19 / 28.06.2025