Sport | 08:15 / 18.05.2025
5399
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

Polshada boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi yakunlandi, unda o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Polshada yakunlangan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sportchilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Oltin medallarni qo‘lga kiritganlar:

  • Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg)
  • Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg)
  • Fazliddin Erkinboyev (-75 kg)
  • Javohir Ummataliyev (-80 kg)
  • Akmaljon Isroilov (-85 kg)
  • Jahongir Zokirov (+90 kg).

-57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova kumush, -60 kg vazn toifasida Samandar Olimov va -70 kg vazn toifasida G‘ofurjon Tohirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Braziliyada o‘tgan birinchi bosqichda terma jamoa 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar