Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Bu qaror Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgda ozarboyjonliklarga qarshi reydlariga javoban qabul qilindi. Reyd vaqtida ikki gumondor halok bo‘lgan.

Ozarboyjonda Rossiya davlat va xususiy muassasalari tomonidan tashkil etilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda mamlakat madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Bekor qilingan tadbirlar orasida konsertlar, festivallar, spektakl va ko‘rgazmalar bor. Fuqarolarga chiptaga sarflangan pullarini qaytarib olish uchun savdo punktlari va onlayn platformalarga murojaat qilish tavsiya qilingan.
Ozarboyjon madaniyat vazirligi ushbu qarorni Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgdagi harakatlariga javoban qabul qildi. U yerda ozarboyjonliklarning yashash va ish joylarida keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilib, Ozarboyjonning 50 dan ortiq fuqarosi qo‘lga olingandi. Reyd davomida ikki kishi – aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarov halok bo‘lgan.
Ozarboyjon TIV Rossiyaning Bokudagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Pyotr Volokov mamlakat tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan va unga rasmiy norozilik bildirilgan. Tashqi siyosiy idora Rossiya xavfsizlik kuchlarining harakatlarini «qabul qilib bo‘lmas zo‘ravonlik» deb atadi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi aniqlik kiritishicha, reydlar 2001, 2010 va 2011 yillarda sodir etilgan qotillik jinoyatlari yuzasidan o‘tkazilgan. Gumonlanuvchilardan bir nechasi allaqachon jinoyatlarga aloqadorligini tan olgan. E1.ru nashri yozishicha, asosiy epizod 2001 yil may oyida yekaterinburglik Yunis Pashayevning o‘ldirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u «Kaspiy» kafesi yonida pichoqlangan. Qotillikda kafe egalari aka-uka Safarovlar gumonlanuvchiga aylangan. Pashayev jon berishdan oldin ularning ismlarini aytgan. Ta’kidlanishicha, o‘sha vaqtda Safarovlarni javobgarlikka tortishning iloji bo‘lmagan. «RBK» nashrining huquq-tartibot organlaridagi manbasi qo‘lga olish vaqtida aynan aka-ukalar vafot etganini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
-
Mers harbiy xarajatlarni oshirish zarurati haqida ma’lum qildi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

20:23 / 10.07.2025
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?

08:21 / 10.07.2025
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

19:30 / 07.07.2025
«Ozarboyjon bo‘ysunishga tayyor emas»: Boku va Moskva bahsi nima bilan tugaydi?

14:38 / 07.07.2025