Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi
10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida Murodjon Ahmadaliyev raqibini texnik nokautga uchratdi.

Meksikada o‘tkazilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev mezbonlar vakili Luis Kastilio bilan jang o‘tkazdi.
10 raund etib belgilangan jangning 8-raundida Murodjon Ahmadaliyevga raqibi qarshilik ko‘rsata olmadi. Hakam bahsni to‘xtatdi va Luis Kastilio texnik nokautga uchragani to‘g‘risida qaror chiqardi.
Murodjon Ahmadaliyevning professional boksdagi janglari soni 15 taga yetdi. Ulardagi g‘alabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi

09:20 / 13.04.2025