Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi
U boshidan kuchli zarba yeb, ringga quladi. So‘ngra bo‘lib o‘tgan voqealarni unutdi.

Foto: sanspo.com
Yaponiyalik bokschi Tsutomu Sasaki yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun amerikalik Brayan Normanga qarshi jangdan so‘ng bir yarim oylik xotirasini yo‘qotdi.
Sasaki va Norman o‘rtasidagi jang 19 iyun kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi. Birinchi raunddayoq amerikalik yaponiyalik raqibini ikki marta nokdaunga uchratdi va beshinchi raundda boshiga kuchli zarba berib, ringga qulatdi. Shundan so‘ng, hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Zarbadan keyin Sasaki boshining orqa qismi bilan ringga quladi va hushini yo‘qotgan. Bokschi taxminan bir daqiqa hushsiz yotdi, shundan so‘ng uni zambilda olib chiqishdi.
佐々木尽選手残念...
— 或津路 (@Arutsur0) June 19, 2025
世界ウェルター級の壁はあまりにも高かった... pic.twitter.com/4KOXyYTDBt
Shifoxonada yaponiyalik bokschi bir yarim oylik xotirasini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Sasaki jangning borishini va hatto jang haqida qanday kelishilganini eslay olmadi.
«Sasaki shifoxonaga olib ketildi, u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, xususan, kompyuter tomografiyasidan. Unda jismoniy jarohat yoki ichki qon ketishi yo‘q, lekin boshining orqa qismi bilan qattiq urilib, xotirasini yo‘qotdi. Sasakining ahvolini kuzatib boramiz», dedi tashkilotchi Nakai Issey.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

15:42 / 27.06.2025