Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda
Urush boshlangunga qadar Yevropa Ittifoqiga yetkazib beriladigan gazning qariyb 40 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan. 2024 yilda esa uning ulushi 10 foizni tashkil etgan.

Foto: AP
Vashington va Moskva vakillari Rossiya gazini Yevropaga yetkazishni tiklash imkoniyati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, «Moskvaning YeI gaz bozoridagi rolini tiklash RF prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik sulhini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin». Gaz yetkazib berishni tiklashda AQShning ishtiroki Rossiyaga Yevropada «siyosiy qarshiliklarni» yengishga, Vashingtonga esa ta’minot hajmini nazorat qilish imkoniyatini berishi mumkin.
Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va RF prezidentining xorij davlatlari bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev Rossiya—Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davomida gaz yetkazib berish masalasini ham muhokama qilgan.
Muzokaralar davomida Moskva va Vashington vakillari tomonidan AQShdagi investorlarning «Shimoliy oqim» yoki «Gazprom» bilan bog‘liq loyihalardagi ishtiroki ham muhokama qilingan. Variantlardan biri sifatida Rossiya gazini Amerika kompaniyasi sotib olishi, keyin esa uni Yevropaga import qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, «Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklashga urinayotgan» «Gazprom» Germaniyadagi mijozlariga ikki yillik shartnoma va sezilarli darajada chegirmalar taklif qilishi mumkin. Rossiya kompaniyasida odatda xaridorlar bilan o‘nlab yillik shartnomalar tuzadi.
Urush boshlangunga qadar Yevropa Ittifoqiga yetkazib beriladigan gazning qariyb 40 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan, eng yirik importchi esa Germaniya bo‘lgan. 2024 yilda ushbu ulush 10 foizni tashkil etdi, 2025 yil yanvarda Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatib qo‘yganidan keyin yana ikki barobarga qisqarib ketdi.
Yanvar oyida Financial Times Yevropa Ittifoqidagi amaldorlar YeI davlatlari Rossiya gazini xarid qilishni tiklash imkoniyatini muhokama qilishni boshlagani haqida yozgandi. Muzokaralardan xabardor uchta manbaning aytishicha, ushbu g‘oyani Germaniya va Vengriyadagi ayrim amaldorlar ma’qullagan.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi
Jahon | 10:24
-
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi
O‘zbekiston | 10:20
-
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:57
Mavzuga oid

19:00 / 18.05.2025
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:56 / 17.05.2025