AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
Oq uy ma’muriyati G‘azo sektoridagi 1 million aholini doimiy ravishda Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda. AQSh Davlat departamenti NBC News nashri hukumatdagi manbalariga tayanib tarqatgan ushbu ma’lumot «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni aytdi.

Foto: Bashar Taleb / AFP - Getty Images
NBC News nashri o‘z manbalariga tayanib AQSh prezidenti ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 milliongacha falastinlikni doimiy ravishda Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqayotganini xabar qildi.
Reja jiddiy ko‘rib chiqilgan, hatto Tramp ma’muriyati uni Liviyaning rahbariyati bilan muhokama qilgan. Ushbu ko‘chirish evaziga AQSh hukumati o‘n yillar avval muzlatib qo‘yilgan milliardlab dollar mablag‘ni Liviyaga qaytarib berishi mumkin, deb aytgan uch manba.
Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, Isroil ushbu muzokaralar borasida xabardor qilingan.
Nashrning yozishicha, Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik kengashi maqola chop etilishidan avval bu borada izoh berishdan bosh tortgan, maqola chiqqandan so‘ng esa Davlat departamenti vakili «bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni aytgan.
Avvalroq Qatardagi AQShning eng yirik harbiy bazasi — Al-Udeydga tashrif buyurgan Donald Tramp G‘azo uchun «juda yaxshi g‘oyasi» borligini aytgandi.
«Agar AQSh bu hududni o‘z nazoratiga olsa va erkinlik zonasi qilsa, men bundan faxrlanardim», - degandi Tramp.
HAMAS harakatining yuqori martabali vakili Basim Naim aytishicha, tashkilot falastinliklarni Liviyaga ko‘chirish bo‘yicha hech qanday muzokaradan xabardor emas.
«Falastinliklar o‘z yurtida chuqur ildiz otgan, ular yurtiga sodiq va erlarini, oilalarini va farzandlarining kelajagini himoya qilish uchun oxirigacha kurashishga tayyor. G‘azolik va falastinlik aholi — Falastin nomidan qaror qabul qilish huquqiga ega yagona tomon», - degan Hamas rasmiysi.
Ushbu xabarlar yuzasidan Isroil hukumati ham, Liviya rasmiylari, shuningdek, Haftar boshchiligidagi armiya vakillari ham izoh bermagan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi
Jahon | 08:22
-
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston | 08:03
-
Nyu-York meri lavozimiga nomzod Trampning «Katta ajoyib qonuni»ni talonchilik deb atadi
Jahon | 07:40
-
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
O‘zbekiston | 07:28
Mavzuga oid

08:22
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

23:34 / 04.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi

18:50 / 04.07.2025
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

13:56 / 04.07.2025