"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi
“O‘zbekinvest” kompaniyasi delegatsiyasi davlat va xususiy sektorning yetakchi sug‘urta hamda brokerlik kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Italiya va Ispaniyaga tashrif buyurdi.

Foto: O‘zbekinvest
Tashrif davomida Ispaniyaning eksport-kredit sug‘urta agentligi CESCE bilan muzokaralar olib borildi va kelishuv imzolandi. Shuningdek, Italiya eksport sug‘urtasi kompaniyasi SACE bilan bo‘lajak tashrif doirasida imzolanishi rejalashtirilgan bitim tayyorlandi. Bu bitimlar Ispaniya va Italiyadan O‘zbekistonga investitsiyalar va savdo operatsiyalarini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash, shuningdek, o‘zbek biznes loyihalarini ushbu davlatlarga chiqishini sug‘urtalashni nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida kichik va o‘rta biznes investitsiyalarini sug‘urta orqali qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, AON Italiya, AON Ispaniya, Howden Iberia, Barens Re, MAPFRE, Hispania kabi yetakchi xususiy sug‘urta va brokerlik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va bitimlar imzolandi. Bu bitimlar “O‘zbekinvest” kompaniyasining mulk, muhandislik, moliyaviy, aviatsiya xatarlari va uchinchi mamlakatlar bozorlarida yuklarni sug‘urtalash sohasida global qayta sug‘urtalash dasturlari doirasida ushbu mamlakatlar sug‘urta bozorlariga faol kirib borishini nazarda tutadi.
Moliyaviy doiralar vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va davlat hamda xususiy sug‘urta kompaniyalari orqali o‘zaro investitsiyalar va savdoni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash kanallarini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, xorij tomoni ushbu bitimlarning kutilayotgan oliy va yuqori darajadagi tashriflar, ular davrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston, Italiya va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan biznes-forumlar va uchrashuvlar arafasida o‘z vaqtida imzolangani va tayyorlangani muhimligiga alohida urg‘u berdi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00
-
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Jahon | 23:22
-
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:00
-
Britaniyada ChatGPT tufayli endi ish boshlayotgan xodimlarga nisbatan talab tushib ketdi
Jahon | 22:57
Mavzuga oid

09:42 / 18.06.2025
"O‘zbekinvest" EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

10:00 / 28.05.2025
«O‘zbekinvest» IUA a’zosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamladi

11:00 / 15.05.2025
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi

11:00 / 22.04.2025