Toshkentda giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatganlar ushlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki nafar fuqaro giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi Telegram kanal reklamasini qog‘oz hamda banner shaklida devor va ustunlarga yopishtirib yurgani aniqlandi.

Foto: Videodan kadr
Poytaxt IIBB xabar berishicha, surishtiruv ishlari davomida ushbu reklama varaqalarini chop etib bergan shaxs ham aniqlangan.
Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 56-2-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlarning qilmishi Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Ayblanuvchilarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
Jahon | 11:58
-
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
Jamiyat | 11:56
-
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
Jamiyat | 11:35
-
Toshkent shahridagi Vebster universiteti to‘liq qoplanuvchi stipendiyalar, abituriyentlar uchun chegirmalar va xalqaro e’tirofga ega qo‘shma dasturlarni e’lon qiladi
O‘zbekiston | 11:30
Mavzuga oid

11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

14:35 / 20.03.2025