Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
“Qo‘y shunday jonzotki, biri jarlikka o‘zini tashlasa, boshqalari ham unga ergashib ketaveradi”, deya holatni izohladi Kun.uz bilan suhbatda tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i Shamsher Umedov. Nobud bo‘lgan quylarning jasadi sanitar maqsadlarda dorilab qo‘yilgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bir otar qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi. Holatni tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbari Shamsher Umedov Kun.uz’ga tasdiqladi.
Shamsher Umedovga ko‘ra, holat 25 may kuni sodir bo‘lgan.
“Bu kabi holatlar oldin ham kuzatilgan. Qo‘y shunday jonzotki, biri jarlikka o‘zini tashlasa, boshqalari ham unga ergashib ketaveradi. Nobud bo‘lgan qo‘ylar soni 300 bosh. Xodimlarimiz, tuman “SES” vakillari borib, sanog‘ini olishgan. Qo‘ylarda biror kasallik bo‘lmagan”, deydi Shamsher Umedov.
Jarlikdan qulagan qo‘ylar shu joyning o‘zida maxsus dori bilan 2 marta dorilangan. Sababi ularni jarlikdan olib chiqishning ham, yoqib yuborish yoki ko‘mishning ham imkoni bo‘lmagan.
“Hudud aholi yashash maskanlaridan uzoqda. Shu sababli qo‘ylar jarlikning o‘zida dorilab, zararsizlantirildi. Chunki ularni jarlikdan olib chiqib bo‘lmasdi. Dori nobud bo‘lgan qo‘ylarni 1 oyda chiritib, yo‘q qilib yuboradi, hech qanday kasallik yoki infeksiya tarqalmaydi”, deydi Shamsher Umedov.
Holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va mahalla yettiligi qo‘ylarni qishloq yo‘lidan o‘tkazishga ruxsat bermagani, shu sababli cho‘pon ularni dara yo‘lidan olib o‘tishga majbur bo‘lgani aytilgan. Shamsher Umedov bundan xabari yo‘qligini, holatni tegishli organlar xodimlari o‘rganayotganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

19:21 / 13.12.2024
Sariosiyoda aholi punktiga tog‘dan bo‘rilar galasi tushib keldi

15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi

13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi

18:29 / 03.09.2024