IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
19 may kuni Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimi pichoqlandi. Jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonada. Unga hujum qilgan shaxs qo‘lida pichoq bilan yo‘lovchi avtobusiga chiqib, yashirinishga uringan. Uni ushlash va zararsizlantirish paytida avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri qahramonlik ko‘rsatgan. Kun.uz hodisa tafsilotlarini o‘rgandi.

7-sonli shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori Rasul Rahimovning aytishicha, bemor kasalxonaga bo‘yin sohasidan shikastlangan holda karaxt va og‘ir ahvolda olib kelingan. Bemorda shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgach, holati barqarorlashgan. Keyinchalik u IIV gospitaliga o‘tkazilgan. Bo‘yin sohasidagi jarohati 5 santimetr atrofida bo‘lgan, traxeya va qalqonsimon bez tomirlari shikastlangan.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, ichki ishlar xodimiga jarohat yetkazgan shaxs qo‘lidagi pichoq bilan yo‘lovchi avtobusiga chiqib, voqea joyidan yashirinishga uringan.
Gumonlanuvchining ortidan ta’qib qilib borgan uch nafar xodim uni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda ularga avtobus ichida yo‘lovchi sifatida ketayotgan oddiy fuqaro – Vladimir Avdiyans (gapira olmaydi) yordam bergan, ushbu yo‘lovchi gumondorga ortdan tashlanib, uning qo‘llarini qayirishda yordam bergan.
“Avtobusda edim, qarasam, pichoq ko‘targan odam chiqdi, uni ushlash kerak deb hisobladim va IIB xodimiga xabar berdim. U odam pichoq bilan yurgandi, odamlarni avtobusdan chiqardik, keyin uni ushladik va harakatsizlantirdik. Sportchi bo‘lganim uchun bunday jarayondan qo‘rqmadim”, deya surdo tarjimon yordamida Vladimir Avdiyansning so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, 19 may kuni Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan PPX inspektori o‘zini shubhali tutgan fuqaroni to‘xtatib tekshirmoqchi bo‘lganida, u yonidagi pichoq bilan xodimning bo‘yin qismiga tan jarohati yetkazgan edi.
Hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmatining uch nafar xodimi jinoyatchini maxsus vositalar va jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan zararsizlantirib, qo‘lga olgan, bunda xodimlarga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam berib, o‘zining fuqarolik burchini sidqidildan bajargani uchun mukofotlangandi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, gumondor shaxs 1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Paxtakor tumanida yashovchi Akrom Hasanov bo‘lib, 2005 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:42
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

08:54 / 06.05.2025
Toshkentda giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatganlar ushlandi

14:35 / 20.03.2025
Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha olib boriladi

19:04 / 21.11.2024