O‘zbekiston | 11:30 / 28.05.2025
1276
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent shahridagi Vebster universiteti to‘liq qoplanuvchi stipendiyalar, abituriyentlar uchun chegirmalar va xalqaro e’tirofga ega qo‘shma dasturlarni e’lon qiladi

Toshkent shahridagi Vebster universiteti – O‘zbekiston bo‘ylab bo‘lajak olimlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchilar va xalqaro mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Endilikda Toshkent, Samarqand va Buxorodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bakalavriat va magistratura dasturlariga qabul rasman boshlandi. Joriy yilda universitet keng ko‘lamli stipendiya imkoniyatlari va eksklyuziv o‘quv to‘lovi chegirmalarini taqdim etadi - bu esa yuqori sifatli Amerika ta’limi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Foto: Vebster universiteti

Kimyo yoki biologiya yo‘nalishida to‘rt yil davomida bepul ta’lim oling

Toshkent shahridagi Vebster universiteti to‘liq qoplanuvchi 20 ta stipendiya dasturini e’lon qilmoqda — ulardan 10 tasi “Kimyo” va 10 tasi “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etiladi. Hukumat tomonidan tashkil etilgan ushbu stipendiyalar barcha 4 yil davomida 100% o‘quv to‘lovini qoplaydi va tanlov asosida, o‘qishda yuqori natijalarga ega, ilmiy izlanishga ishtiyoqi baland abituriyentlarga taqdim etiladi. Tashabbusning maqsadi O‘zbekiston va undan tashqarida yangi avlod olimlar, tadqiqotchilar va sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Birinchi o‘quv yilida — 50% chegirma

Faqat kuzgi 2025 qabul uchun qo‘shma dasturlarga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar birinchi yil uchun o‘qish to‘loviga 50% chegirma olishadi. Bu taklif barcha yo‘nalishlarga tegishli — kimyo va psixologiyadan tortib hamshiralik ishi va boshqa sohalargacha, ushbu imkoniyat butun O‘zbekiston bo‘ylab talabalar uchun moliyaviy yengillik yaratadi.

O‘zbekistonni tark etmay turib, AQShda o‘qish imkoni bilan ikki diplomga ega bo‘ling

Qo‘shma dasturlar doirasida talabalar ikki diplomga ega bo‘lishadi: biri — O‘zbekistondagi hamkor universitetdan, ikkinchisi — butun dunyoda tan olingan Vebster universitetidan (AQSh). Ushbu diplom O‘zbekistonda nostrifikatsiyasiz tan olinadi.

Barcha dasturlar tajribali xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. “3+1” modeli asosida tuzilgan bakalavriat dasturlari talabaga oxirgi yilni AQShda o‘qish va xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatini beradi. Universitetning Hamshiralik ishi dasturi shuningdek, talabalarni ro‘yxatdan o‘tgan hamshiralar uchun AQSh litsenziyasi (NCLEX) imtihonini topshirishga tayyorlaydi va global sog‘liqni saqlash karerasiga yo‘l ochadi.

 2025–2026 o‘quv yili uchun mavjud dasturlar:

Toshkent tibbiyot akademiyasi:

  • Biologiya (BA in Biology);
  • Kimyo (BS in Chemistry);
  • Psixologiya (BA in Psychology);
  • Hamshiralik ishi (BS in nursing).

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti:

  • Biologiya (BA in Biology);
  • Kimyo (BS in Chemistry);
  • Psixologiya (BA in Psychology).

Samarqand davlat chet tillar instituti:

  • Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish (MA TeSOL).

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti:

  • Iqtisodiyot (BA in Economics).

Samarqand davlat tibbiyot universiteti:

·                   Hamshiralik ishi (BS in Nursing).

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti:

  • Biologiya (BA in Biology);
  • Kimyo (BS in Chemistry);
  • Psixologiya (BA in Psychology);
  • Hamshiralik ishi (BS in Nursing).;

Buxoro davlat universiteti:

  • Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish (MA TeSOL).

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti:

  • Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish (MA TESOL).

Vebster universitetining tibbiyot dasturlari - AQShdagi eng kuchlilar qatorida

Vebster universitetining xalqaro obro‘-e’tibori yildan yilga oshib bormoqda. U.S. NEWS & World Report tomonidan tuzilgan Graduate School Rangkings 2025 reytingida:

  • MSN (Hamshiralik ishi bo‘yicha magistr) — 106-o‘rin, oxirgi 5 yilda 30 pog‘onaga ko‘tarilgan;
  • DNAP (Hamshiralik anesteziologiyasi doktori) — 140 dastur orasida 68-o‘rin;
  • MHA (Sog‘liqni saqlashni boshqarish magistri) — 81-o‘rin.

Ushbu natijalar dastur sifati, o‘qituvchilar tajribasi, grantlar bo‘yicha faoliyat, talabalar yutuqlari va soha mutaxassislari orasidagi obro‘-e’tibor asosida baholangan. Bu raqamlar Vebster universitetining sog‘liqni saqlash, ilm-fan va liderlik sohalaridagi akademik mukammallikka sodiqligini tasdiqlaydi.

Muhim sanalar:

  • Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025 yil 31 iyul
  • Kuzgi semestr boshlanishi: 2025 yil 18 avgust

Sizning global yo‘lingiz shu yerdan boshlanadi.

Agar orzungiz tibbiyot, ilm-fan yoki biznes sohalarida xalqaro martabaga erishish bo‘lsa — Toshkent shahridagi Vebster universiteti qo‘shma dasturlari orqali sizga xalqaro darajadagi ta’limni taqdim etadi. Ikki diplom, to‘liq qoplanuvchi stipendiyalar va AQShda tan olingan diplomlar bilan bu aynan siz kutgan imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Bugunoq hujjat topshiring! Stipendiyalar soni cheklangan.

Batafsil: webster.uz

Aloqa: +998 55 503 00 66

Reklama huquqi asosida