Hindiston Chenab daryosi orqali Pokistonga suv yetkazib berishni to‘xtatdi
Mamlakat Jyelam daryosidagi Kishanganga to‘g‘oni orqali ham suv berishni to‘xtatmoqchi. Pokiston tomoni Hindistonning ushbu harakati qishloq xo‘jaligiga tahdid tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

Foto: PTI
Hindiston Chenab daryosidagi (Hind havzasi) Baglihar to‘g‘oni orqali suv berishni to‘xtatdi va Jyelam daryosidagi Kishanganga to‘g‘oni bilan ham shunday yo‘l tutmoqchi, deb xabar beradi PTI.
Ushbu masaladan xabardor ekspertning aytishicha, u yerda joylashgan GESlar — Jammudagi Baglihar va Kashmir shimolidagi Kishanganga Hindistonga suv chiqarish vaqtini nazorat qilish imkonini beradi.
Ikkala to‘g‘ondan foydalanish Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi bahsli masala hisoblanadi. Islomobod birinchi to‘g‘on masalasi bo‘yicha Jahon banki arbitrajiga murojaat qilgan. Ikkinchisi esa Pokiston hududidagi Nilum daryosi oqimiga ta’siri tufayli huquqiy va diplomatik nazorat ostiga tushadi.
Nilum — Hindiston va Pokiston hududidan oqib o‘tuvchi Jyelam daryosining irmog‘idir. Jyelam esa o‘z navbatida, Chenab daryosiga quyiladi. Chenab — Satlej daryosining o‘ng hamda Hind daryosining eng yirik irmog‘idir.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar urush yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Pahalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan jangarilar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Hindiston hukumati Pokistonga nisbatan keskin choralar ko‘rdi. Xususan, Nyu-Dehli Hind daryosi suvini taqsimlash shartnomasini to‘xtatdi. Ilgari Hindiston hech qachon bunday qadam tashlamagan, hatto Islomobod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojarolar vaqtida ham. 1960 yilgi shartnoma Hind havzasidagi oltita daryo suvining taqsimlanishini tartibga soladi.
Pokiston ham qarshi choralar ko‘rmoqda. Mamlakat hukumati Hindistonning Hind daryosi suvi oqimini to‘xtatishga urinishini urush akti sifatida qabul qilishlarini bildirdi. Pokiston qishloq xo‘jaligi va energetika tizimi ushbu suv ta’minoti barqarorligiga bog‘liq.
Avvalroq Pokiston axborot vaziri Attaulloh Tarar Islomobodda Hindiston yaqin 24-36 soat ichida Pokistonga harbiy zarba berishga tayyorlanayotgani haqida «ishonchli ma’lumotlar» borligini aytib chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI Rossiyaga bir vaqtning o‘zida to‘rtta sanksiya rejimini qo‘llaydi
Jahon | 14:36
-
Shvetsiya va Norvegiyada O‘zbekiston savdo uylari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
AQSh 2025 yil oxirigacha Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqishni muhokama qiladi
Jahon | 14:23
-
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
Jahon | 13:56
Mavzuga oid

11:50 / 16.05.2025
Hindistonda odam savdosi qurboniga aylanish xavfi ostida qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi

20:54 / 12.05.2025