Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
O‘zaro yadroviy tahdidlarga qaramay, Hindiston va Pokiston tinchlik rejimini yana bir necha kun saqlab qolishga qaror qildi.

Foto: AP
Pokiston tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar mamlakat harbiylari Hindiston tomoni bilan o‘t ochish rejimini 18 mayga qadar uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi.
«Bugun muloqot qildik va o‘t ochishni to‘xtatish 18 mayga qadar o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi», — deydi Dar.
Bundan tashqari, 15 may kuni Pokiston TIV Hindiston mudofaa vaziri Rajnatha Singhning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (MAGATE) Pokiston yadroviy qurollarini nazorat ostiga olish borasidagi chaqirig‘iga munosabat bildirdi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi MAGATE hamda xalqaro hamjamiyatni Hindistondan yadro va radioaktiv materiallarning o‘g‘irlanishi va kontrabandasiga oid ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro 7 mayga o‘tar kechasi avj oldi: Hindiston armiyasi Pokiston hududidagi nishonlarga zarba berdi. 10 mayga o‘tar kechasi Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
11 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi. O‘z navbatida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi «Sindur» harbiy operatsiyasi doirasida Pokistonga zarbalar berish hozircha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

00:06 / 22.06.2025
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

21:50 / 17.06.2025