AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi
Franklin Templeton kompaniyasining ustuvor vazifalaridan biri O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarini Toshkent fond birjasi va yetakchi xalqaro platformalarda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘ladi.

Foto: Getty images
Amerikaning Franklin Templeton investitsiya kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasini (UzNIF) rasman boshqarishga kirishdi. Uning ustuvor vazifalaridan biri UzNIF aksiyalarini Toshkent fond birjasi va yetakchi xalqaro platformalarda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘ladi.
UzNIF iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat kapital bozorini rivojlantirish maqsadida prezidentining 2024 yil 27 avgustdagi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, 18 ta asosiy davlat korxonasi, jumladan, banklar va yirik sanoat kompaniyalarining 20 foizdan 40 foizgacha minoritar ulushlariga ega. Jamg‘arma aktivlarining umumiy qiymati 1,68 milliard dollarga baholanmoqda. Davlat ushbu jamg‘armaning yagona aksiyadori hisoblanadi.
UzNIF boshqaruviga o‘tkazilgan davlat korxonalari va ularning mol-mulkidagi ulushlari ro‘yxati:
- «Navoiyazot», 25%;
- «Hududiy elektr tarmoqlari», 40%;
- «Issiqlik elektr stansiyalari», 25%;
- «Xalq banki», 30%;
- «O‘zbekgidroenergo», 20%;
- Mikrokreditbank, 40%;
- «O‘zbektelekom», 25%;
- «Tadbirkorlikni rivojlantirish banki», 25%;
- «O‘zbekiston havo yo‘llari», 25%;
- Uzbekistan Airports, 25%;
- «Temiryo‘linfratuzilma», 25%;
- «Hududgazta’minot», 40%;
- «Toshshahartransxizmat», 25%;
- «O‘zbekiston pochtasi», 25%;
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», 40%;
- «O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi», 40%;
- «O‘zbekinvest», 20%;
- «O‘zsuvta’minot», 40%.
Franklin Templeton 1947 yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan va dunyodagi eng yirik aktivlarni boshqarish kompaniyalaridan biridir. Kompaniya 1,4 trillion dollardan ortiq qiymatdagi aktivlarni boshqaradi, 30 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi va butun dunyo bo‘ylab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlarda shunga o‘xshash jamg‘armalarni boshqarishda katta tajribaga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoda «humanitar niqobi», Moskvaning «yonini olgan» AQSh va Mask bilan xayrlashgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 14:38
-
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi
Jahon | 14:14
-
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida
O‘zbekiston | 13:47
-
Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:42
Mavzuga oid

14:42
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

13:41
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

12:50
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

12:25