Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishni yangi tizim doirasida tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tashkil etildi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi;
davlat korxonalari — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari huzuridagi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyalari.
Loyiha ofisi direksiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Direksiyalar ijarachilarning yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida belgilangan huquqlardan amalda foydalanishini kafolatlaydi, xususan, suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmasligi oqibatida yetkazilgan zararni darhol qoplab beradi va keyinchalik regress tartibda undirib oladi.
Hujjat bilan direksiyalarning vazifalari belgilandi:
- qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan ijaraga berilgan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmasligi natijasida yer ijarachilariga yetkazilgan zararni darhol qoplab berish;
- qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan ijaraga berilgan yerlarning sug‘orish tizimlarini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minoti obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ichki xo‘jalik yo‘llarini yaxshilash ishlariga mablag‘ ajratish, shuningdek ushbu ishlar bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish va boshqalar.
Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
- elektron internet-auksionlarda qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqlarini sotishdan tushgan daromadning 25 foizi (operator xarajatlari chegirib tashlangan holda);
- suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmasligi natijasida yer uchastkalari ijarachilariga yetkazilgan zararni qoplash uchun regress tartibda undiriladigan mablag‘lar;
- hisobvaraqda vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik yordam mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Hujjat bilan ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi
O‘zbekiston | 14:42
-
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ
Iqtisodiyot | 14:40
-
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi
O‘zbekiston | 14:20
-
«Tramp zerikib qolmasligi» uchun NATO sammit dasturini qisqartirdi
Jahon | 14:15
Mavzuga oid

13:23 / 09.04.2024
Deputatlar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunni qabul qildi

15:29 / 27.02.2024
"Qariyb 4 mlnga yaqin fuqarolarga bevosita dahldor" - o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun loyihasi haqida

18:17 / 25.10.2023
Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

15:25 / 29.09.2023