OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi
Tramp Netanyahu bilan telefon suhbatida Eron yadroviy inshootlariga hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish tahdidi munosabati bilan Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatishga buyruq berdi. Bu haqda Isroilning Channel 12 telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan telefon suhbatida «aniq tilda» Islom Respublikasining yadroviy inshootlariga hujumlardan ogohlantirgan.
Prezident Eronning yadroviy inshootlariga hozirda hujum qilish «nomaqbul» bo‘lishi va Isroilning xavfsizlik manfaatlarini ham hisobga oladigan uzoq muddatli kelishuvga erishish imkoniyatlariga zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ayniqsa, Isroil AQSh bilan hamkorlikka, jumladan, raketaga qarshi mudofaa sohasidagi yordamga juda bog‘liq ekani alohida ta’kidlangan.
Telekanalning qayd etishicha, Tramp va Netanyahu o‘rtasidagi so‘nggi suhbat Eron masalasi bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarni ko‘rsatdi.
Amerika prezidenti diplomatik yo‘lga sodiqligini bildirdi va barcha tomonlar manfaatlariga javob beradigan «yaxshi kelishuv» bo‘lishi mumkinligini aytdi.
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar Ummon vositachiligida davom etmoqda. Beshinchi tur 23 may kuni Rimda bo‘lib o‘tdi. 26 maydagi so‘nggi bayonotida Tramp «sezilarli o‘zgarish» haqida ma’lum qildi va yaqin kelajakda ijobiy natijalarga umid bildirdi.
Oq uy rahbari, shuningdek, Netanyahuni muzokaralar jarayonini buzishi mumkin bo‘lgan «qadamlar» haqida ogohlantirganini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
Mavzuga oid

01:37
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi

00:24
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi

22:55 / 23.06.2025
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi

21:19 / 23.06.2025