O‘zbekiston | 16:43 / 29.04.2025
2059
2 daqiqa o‘qiladi

«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi

Tanlovlar har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblar 525 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

«Umumiy o‘rta ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida «Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda bir marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:

- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida «Yil o‘qituvchisi» tanlovi;

- pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

- «Yil o‘qituvchisi» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;

- «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHM 1400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid