Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Durov forumga so‘z erkinligi, kuzatuv va raqamli huquqlar mavzusida nutq so‘zlash uchun taklif qilingan edi.

Foto: Thomas Samson / AFP
Fransiya sudi Telegram asoschisi Pavel Durovning Norvegiya poytaxti Oslodagi «Ozodlik forumi»da nutq so‘zlash uchun mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi Human Righs Foundation (HRF) xabar berdi.
Durov forumga so‘z erkinligi, kuzatuv va raqamli huquqlar mavzusida nutq so‘zlash uchun taklif qilingan. Uning chiqishi 27 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Endi u videokonferensiya orqali forum ishtirokchilariga qo‘shilishi kutilmoqda.
«Bu bizning hamjamiyatimiz uchun umidsizlikdan ham og‘ir hodisa, bu erkinlik uchun to‘siqdir», dedi HRF asoschisi va bosh direktori Tor Halvorssen sudning rad javobini izohlar ekan.
Pavel Durov Fransiyada tergov va nazorat ostida qolmoqda. Mamlakat rasmiylari uni vakolatli organlar so‘rovlariga javoban ma’lumot berishdan bosh tortganlikda, hakerlik dasturlari va voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini tarqatishda ishtirok etganlikda, jinoiy faoliyat yo‘li bilan olingan pullarni yuvishda ayblamoqda.
Durovga huquq-tartibot idoralarining ruxsatisiz Fransiyadan chiqib ketish taqiqlangan. Ammo u 15 martdan 7 aprelgacha Dubayga sayohat qilish uchun ruxsat olgan edi. Telegram asoschisi Fransiya fuqaroligidan tashqari BAA fuqaroligiga ham ega. Shu bilan birga, 12 may kuni Parij prokuraturasi Telegram asoschisining «investitsiya fondlari bilan muzokaralar o‘tkazish» uchun Qo‘shma Shtatlarga borish haqidagi iltimosini rad etdi.
18 may kuni Durov Fransiyani Ruminiyadagi prezidentlik sayloviga aralashishga urinishda aybladi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, fransuz hukumati Telegram ma’muriyatidan «konservativ ovozlarni o‘chirishni» talab qilgan. Parij ushbu ayblovlarni rad etdi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jahon | 19:19
-
Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

23:20 / 21.06.2025
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

14:50 / 18.06.2025
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

08:48 / 18.06.2025