Yevropaning ayrim davlatlarida blekaut yuzaga keldi
Lissabonda metro to‘xtab qolgan, Madridda aeroport yopilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra - kiberhujum uyushtirilgan.
Portugaliya, Ispaniya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida 28 aprel kuni kunduzi elektr energiyasi keng ko‘lamda o‘chishi kuzatildi.
Xususan, Publico ma’lumotiga ko‘ra, Lissabonda metro to‘xtab qolgan, yo‘lovchilar vagonlar ichida qamalib qolishgan, Portu shahridagi metro ham yopilgan. Ko‘plab shaharlarda svetoforlar o‘chgan, butun mamlakat bo‘ylab mobil aloqa uzilishlar bilan ishlamoqda, bankomatlar ishlashdan to‘xtagan. Lissabon, Portu va Farudagi aeroportlarda zaxira generatorlaridan foydalanishga o‘tilgan.

Armando Franca / AP / Scanpix / LETA
El Mundo gazetasi Ispaniyada ham elektr o‘chgani haqida xabar bergan. Xususan, Madridda Baraxasda aeroport yopilgan, Barselona va Madridda metro ishlamay qolgan. Ispaniyada ham svetoforlar, mobil aloqa va to‘lov terminallari o‘chgan.

Mariscal / EPA / Scanpix / LETA
Ispaniyaning milliy temiryo‘l kompaniyasi bo‘lmish Renfe yo‘lovchi poyezdlar qatnovi butkul to‘xtatilganini e’lon qilgan.

Javier Etxezarreta / EPA / Scanpix / LETA
Fransiya va Germaniyada ham elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar haqida xabar berilmoqda. Euronews ma’lumotiga ko‘ra, Andorradan ham elektr o‘chgani haqida xabarlar kelgan.
Avariyaga uchragan mamlakatlar hukumatlari va elektr ta’minotchilari elektr ta’minotini tezroq tiklash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini ma’lum qilgan.

Manu Fernandez / AP / Scanpix / LETA
Soat 17:30 ga kelib (Toshkent vaqti) Fransiyada uzilgan elektr ta’minotini tiklashga muvaffaq bo‘lindi, deb yozadi Publico. Portugaliya va Ispaniya energetika kompaniyalari ham avariya oqibatlarini bosqichma-bosqich bartaraf etmoqda va bu biroz vaqt olishi haqida ogohlantirmoqda.
Uzilish sababi hali noma’lum. Portugaliya vazirlar mahkamasi a’zosi Kastro Almeyda RTP3 telekanalida so‘zlagan nutqida elektr uzilishining sababi kiberhujum bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, deb yozadi Publico, biroq bu versiya foydasiga dalil keltirilmagan. Shu bilan birga, Portugaliyaning REN energetika kompaniyasi Fransiya janubi-sharqidagi yuqori kuchlanishli liniyalarga zarar yetkazgan yong‘inni nosozlik versiyalaridan biri sifatida ko‘rayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Euronews.

Manu Fernandez / AP / Scanpix / LETA

Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

21:18 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi

12:10 / 29.04.2025