Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
15 may kuni Turkiyada Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanadi. Rossiya delegatsiyasiga Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.

Foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga boradigan RF delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Hujjat Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Delegatsiyaga Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi. U bilan birga muzokaralarda ishtirok etishga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, armiya Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov, mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin yo‘l oladi.
Bundan tashqari, Putin «muzokaralar uchun ekspertlar» tarkibini ham tasdiqladi. Ular orasida RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi axborot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Zorin, RF prezidentining gumanitar sohadagi davlat siyosati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yelena Podobreyevskaya, Rossiya TIVning MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk, shuningdek, Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Viktor Shevsov ham bor.
RF prezidentining ismi hujjatda tilga olinmagan.
15 may, payshanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanadi. Bu Moskva va Kiyev o‘rtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralarga aylanadi, o‘shanda tomonlar urushning dastlabki haftalarida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishishga uringandi. Bunday uchrashuv tashabbusi Vladimir Putindan chiqqan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Turkiyada o‘tkaziladigan uchrashuvda Rossiya tomonidan kim qatnashishi to‘g‘risida ma’lumotni kutayotgani, Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

16:16 / 05.07.2025