NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
AQSh prezidenti oilasiga tegishli kompaniyalar Trampning o‘g‘illari nomiga rasmiylashtirilgan.

Foto: The New York Times
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z oilasiga tegishli ko‘plab kompaniyalar hisobiga boyligini ko‘paytirishni davom etmoqda. The New York Times jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina aprel oyida Tramp oilasiga tegishli kompaniyalar kamida 2 milliard dollar ishlab topgan.
Xususan, Tramp oilasi hozirda bitta token kursi 13 dollar bo‘lgan $TRUMP kriptovalutasi orqali pul ham ishlamoqda. Uni faol xarid qilayotganlar Oq uyga ekskursiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lyapti. BAA esa Tramp oilasining kriptoaktivlarini boshqaruvchi World Liberty Financial kompaniyasiga allaqachon 2 milliard dollar sarmoya kiritgan va bu orqali u yiliga o‘nlab million dollar daromad ko‘radi.
Qatar Tramp biznesiga bog‘liq golf klub va qimmat villalar qurish loyihasiga 5,5 milliard dollar sarmoya kiritadi, bu ham oilaga millionlab dollar foyda olib keladi. Saudiya kompaniyasi bo‘lsa, Dubayda Trump International mehmonxonasi va boshqa qator obektlar qurilishiga 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqda. Bu prezident oilasiga tegishli loyihalarning kichik qismi xolos.
NYT’ning qayd etishicha, oilaning kompaniyalari Trampning o‘g‘illari nomiga rasmiylashtirilgan, ya’ni bu yerda manfaatlar to‘qnashuvi yo‘q va barchasi qonuniydek. Ammo nashrning hisoblashicha, bunda yaqqol axloqiy ziddiyatlar mavjud.
AQSh prezidenti Serbiya, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon va boshqa mamlakatlar hukumatlari bilan ishbilarmonlik aloqalariga ega. Ushbu aloqalar orqali prezident boyib bormoqda, bu esa uni o‘zining biznes hamkorlariga foyda keltiradigan siyosiy qarorlar qabul qilishga undashi mumkin. Qonunlarga ko‘ra, bu esa korrupsiya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
-
Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 14 kun davom etishi mumkin
Jahon | 19:05
-
«Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 19:03
Mavzuga oid

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi

09:34
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi

23:40 / 12.06.2025