Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada blekaut sababli favqulodda holat joriy qilindi
Pireney yarimorolida bir kun oldin elektr ta’minotida uzilish yuz berdi - elektr ta’minoti hali ham tiklanmoqda. Ispaniyada hodisa munosabati bilan favqulodda holat joriy qilindi.

Foto: Lorena Sopena/Anadolu via Getty Images
Ispaniya Ichki ishlar vazirligi blekaut fonida mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Xabar yozilayotgan vaqtda yarimorolda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 92 foizdan ortig‘i tiklangan, elektr uzatish tarmog‘i podstansiyalarining 100 foizi quvvat ostida. Vaziyat haqida milliy elektr tarmoqlarini boshqaradigan Red Electrica kompaniyasi ham izoh berdi. Bayonot X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli Ispaniya aeroportlari zaxira elektr ta’minoti tizimlari faollashtirilgani sababli dushanba kuni davomida o‘z faoliyatini davom ettirdi. Biroq, elektr ta’minotidagi uzilishlar qator reyslarning bekor qilinishi va kechikishiga olib keldi.
Shuningdek, 28 aprel kuni Ispaniyada shaharlararo va o‘rta masofaga qatnovchi poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Bu haqda transport vaziri Oskar Puente ma’lum qildi.
Ispaniya Milliy politsiyasi ham fuqarolarga murojaat qilib, ularni blekaut sababli firibgarlik holatlari kuzatilayotgani haqida ogohlantirdi.
«Bunday paytlarda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘ling. Agar sizga bankdagi hisob raqamingiz evaziga elektr ta’minotini tiklash taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilishsa — ehtiyot bo‘ling. Faqat rasmiy manbalarga ishoning, shubhangiz bo‘lsa, ma’lumotni tekshiring», — deyiladi politsiya bayonotida.
Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, voqea millionlab odamlarni tartibsizlikka solgan, internet va mobil telefon aloqasi uzilgan, svetofor va bankomatlar ishlamay qolgan, shifoxonalar ba’zi operatsiyalar to‘xtatib qo‘yilgan.
Bir kun avval Ispaniya va Portugaliyada elektr va telefon aloqalarida katta uzilishlar yuz berdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Pireney yarimorolidagi elektr ta’minotidagi uzilishga Ispaniyadagi «kamdan-kam uchraydigan atmosfera hodisasi» sabab bo‘lgan. Bu haqda Redes Energéticas Nacionais Portugaliya elektr tarmoqlari operatori bayonot berdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

19:21 / 11.08.2025
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi

16:08 / 03.08.2025
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar

19:06 / 27.07.2025
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi

08:15 / 23.07.2025