Toshkentdagi 200 ga yaqin maktabda “Davomat”, “O‘quvchi” va “O‘smir” tadbirlari o‘tkazildi
Poytaxtning Yunusobod tumanida muntazam dars qoldirgan 60 nafar, tarbiyasi og‘ir 57 nafar maktab o‘quvchi ustidan mutasaddilarga taqdimnoma kiritildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar tarqatdi.

Foto: IIB
Yoshlarning bandligini ta’minlash, internet tarmoqlari orqali berilayotgan turli salbiy, millat va qadriyatlarga yot g‘oyalardan, jinoiy da’vatlardan asrash, himoya immunitetini shakllantirish maqsadida mahallalar yoshlari bilan ikki yuzga yaqin, maktablarda esa voyaga yetmagan o‘quvchi yoshlar bilan mingdan ortiq “Davomat”, “O‘quvchi”, “O‘smir” tadbirlari olib borildi.
Bu tadbirlar jarayonida uzoq muddatga ketib, dars qoldirayotgan 38 nafar, muntazam dars qoldirayotgan 60 nafar, ota-ona nazoratidan mahrum 16 nafar, boquvchisini yo‘qotgan 17 nafar, tarbiyasi og‘ir hisoblangan 57 nafar bolalar aniqlanib, tegishli idora va mutasaddilarga taqdimnomalar kiritilgan.
Maktab o‘quvchilarining muammolarini o‘rganish borasida 28 marotaba “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari” tashkillashtirildi. Do‘stona va samimiy suhbatlarda o‘qish jarayoni, o‘qituvchi va o‘quvchi, tengdoshlar-maktabdoshlar o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilib, tegishli maslahat va tavsiyalar berilgan.
Shuningdek, mahalla ahlining aksariyatini tashkil qiluvchi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali 104 nafar ayollarning murojaatlari ijobiy hal qilinishiga erishildi. Reproduktiv salomatligini tiklashga muhtoj bo‘lgan 144 ayolga tibbiy muolajalar uchun imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi. 368 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirildi. 107 nafar ishsizlar ro‘yxatida turuvchi shaxslarning 72 nafariga ish joylari tavsiya qilinib, 33 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi.
20 nafar fuqarolar Tashqi migratsiya agentligi orqali xorij davlatlariga ishga yuborilgan. Muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratda turuvchi 9 nafar fuqaro bilan tushuntirish, huquqiy suhbatlar o‘tkazilib, ulardan 5 nafarining bandligi ta’minlandi.
Mahallalar hududida sodir etilgan yigirmaga yaqin jinoyat va huquqbuzarliklar keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, jamoaviy ta’sir choralari qo‘llanildi. O‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilgan “qizil” va “sariq” toifadagi ko‘chalarda joylashgan to‘qsonga yaqin savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari “Qo‘riqlash” xizmatiga ulangan bo‘lsa, bozorlar, savdo majmualari hududlarida o‘ndan ortiq kuzatuv va nazorat kameralari o‘rnatildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
Jahon | 16:41
-
Pensiya tizimi xususiy sektorga berilishi rad etildi
O‘zbekiston | 16:39
-
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
Jamiyat | 16:29
-
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

15:52
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

13:50
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident

19:07 / 14.05.2025
Prezident maktablarining PISA'dagi ishtiroki umumiy natijalarga katta ta’sir qilmaydi – Andreas Shlyayxer

16:31 / 13.05.2025