Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
XIX arxitektura biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Grace studiyasi bilan hamkorlikda Toshkent modernizmining obektlaridan biri – Quyosh institutini ko‘rsatmoqda. Bu yilgi mavzu nima sabab aynan geomajmuaga bag‘ishlandi? Jamg‘arma vakili Rayhona Rustamova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda shu haqda gapirib berdi. U “bu bilan butun dunyoga merosimiz va madaniyatimiz qanchalik boy ekanini ko‘rsatmoqchimiz, asosiysi — bor narsani saqlab qolishning qanchalik muhimligini namoyish etishdir”, deydi.
Har yili turli yo‘nalishlarda Italiyaning Venetsiya shahrida dunyodagi eng mashhur va nufuzli xalqaro madaniy san’at tadbirlaridan biri – biyennale o‘tkazib kelinadi. 1895 yildan beri bo‘layotgan bu ko‘rgazma Giardini yoki Arsenale maydonlarida tashkil etiladi. Asosan zamonaviy san’at, me’morchilik (arxitektura), kino, teatr, musiqa va raqs kabi sohalarni qamrab oladi.
Bu yilgi XIX arxitektura biyennalesida O‘zbekiston 3-marotaba o‘z milliy pavilioni bilan ishtirok etmoqda. Tanlangan mavzu ilm-fanga – Toshkentning Parkent tumanida joylashgan Fizika-quyosh institutiga bag‘ishlangan.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Grace studiyasi bilan hamkorlikda tayyorlagan pavilionda institutga tegishli turli jihozlar, elementlarni uchratish, shu orqali butun boshli kompleksni kashf qilish mumkin. Jamg‘arma vakili Rayhona Rustamovaning aytishicha, bu ko‘rgazma 2021 yildan beri olib borilayotgan keng qamrovli tadqiqotlar natijasidir.
“Biz uchun aynan Quyosh institutini namoyish etish va umuman olganda Toshkent modernizmining bir obektini odamlarga tanishtirish juda muhim, chunki bu bizning merosimiz sanaladi. Bu bilan butun dunyoga merosimiz va madaniyatimiz qanchalik boy ekanini ko‘rsatmoqchimiz, asosiysi — bor narsani saqlab qolishning qanchalik muhimligini namoyish etishdir”, – deydi u.
Geomajmua 1987 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyodagi mavjud 2 ta geliokomplektdan biri hisoblanadi, ikkinchisi Fransiyada joylashgan.
Ko‘rgazmada Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan majmuaga tegishli turli jihozlar, tadqiqotlarda foydalanilgan uskunalar eksponat sifatida namoyish etilmoqda.
“Masalan, “Sayyoralar paradi" deb nomlangan qandilni aytish mumkin. Qandilning balandligi o‘n yetti metr, unda 2 ta shar va har bir sharda uch yuzdan ortiq shisha barglar bor. Eksponatimiz muallifi Irena Lipena hisoblanadi.
Shuningdek, bu yerda Quyosh institutidagi uskuna prototipi bo‘lgan ulkan Quyosh pechi ham namoyish etilmoqda. Lekin bu pech yanada zamonaviylashtirilgan va takomillashtirilgan shakli, ko‘rgazmadan so‘ng u institutga qaytib olib boriladi va undan institutda foydalanishda davom etishadi.
Bundan tashqari, bizda asosiy nuqtalardan biri bu pavilion markaziga joylashtirilgan aylana stoldir. Stol ustida institutga tegishli turli ashyolar, elementlar, sun’iy brilliantlar qo‘yilgan. Bularning hammasi aynan geliokompleks haqida odamlarda kengroq tasavvur paydo bo‘lishi uchun qilingan”, – deydi Rustamova.
Eslatib o‘tamiz, “Ko‘zlarni qamashtiruvchi yog‘du” deb nomlangan ushbu ko‘rgazma 23 noyabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

14:13 / 08.05.2025
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

22:06 / 27.10.2024
Venetsiya bir kunga keladigan turistlar uchun soliq miqdorini oshiradi

08:14 / 04.10.2023
Venetsiyada avtobus ishtirokidagi YTHda 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

09:04 / 21.05.2023