Pensiya tizimi xususiy sektorga berilishi rad etildi
Strategik islohotlar agentligi pensiya tizimiga oid har qanday o‘zgarishlar xalqaro tajriba tahlili, shuningdek, aholi fikri va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish asosida shakllantirilishini ta’kidladi.

Pensiya tizimini xususiy sektorga berilishi rejalashtirilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asossiz. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi xabar berdi.
«Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb qilish taklifi davlat ishtirokidagi pensiya fondini bekor qilishni nazarda tutmaydi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, ushbu masala xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qilish yuzasidan taklif etilgan bir qator tavsiyalardan biri bo‘lib, hozir Strategik islohotlar agentligi va boshqa tegishli idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
«Shu bilan birga, pensiya tizimiga oid har qanday o‘zgarishlar xalqaro tajriba tahlili, shuningdek, aholi fikri va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish asosida shakllantirib, barcha tashabbuslar jamiyatning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratiladi», deyiladi xabarda.
13 may kuni Strategik islohotlar agentligida Xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2025 yilga mo‘ljallangan qo‘shma dastur doirasida tayyorlangan tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, XMK vakillari pensiya tizimining joriy modelini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida 6 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan pensiya islohoti rejasini ishlab chiqdi.
Ular: pensiya jamg‘armasiga badallar to‘langan davr asosida «sug‘urta staji» tizimini joriy etish, pensiya xizmatlarini ko‘rsatishning barcha bosqichlarini raqamlashtirish, ixtiyoriylik va jamg‘arib borish tamoyillariga asoslangan xususiy pensiya jamg‘armalarini tashkil etish. Kengash bu yo‘nalishda 5 ta qonunni qabul qilishni taklif etdi.
Mavzuga oid

23:38 / 09.11.2023
Shuhrat Vafoyev SIA rahbari lavozimini tark etadi - OAV

21:35 / 21.11.2019
O‘zbekistonda uch darajali pensiya ta'minoti tizimiga o‘tiladi

21:43 / 21.10.2019
Ekspertlar eng yaxshi pensiya tizimiga ega mamlakatlarni aytishdi

11:00 / 28.12.2018