O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
Har bir vegetatsiya davri oldidan bunday rejimlarni muhokama qilish va kelishish mamlakatlarga hozirgi gidrologik holati va suv-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olish imkonini beradi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vegetatsiya davri uchun suv-energetika rejimi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligiga tayanib Kazinform xabar berdi.
Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika va suv resurslari bo‘yicha mas’ul vazirlarning rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Natijada energetika obektlarining kelishilgan ish rejimlari va Sirdaryo havzasidagi suvni kelgusi vegetatsiya davrida taqsimlash tartibini belgilovchi bayonnoma imzolandi.
Ta’kidlanishicha, bayonnomaning imzolanishi suv resurslaridan muvozanatli foydalanish va Markaziy Osiyo energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan uch davlatning doimiy hamkorligi doirasidagi muhim qadamdir. Har bir vegetatsiya davri oldidan bunday rejimlarni muhokama qilish va kelishish mamlakatlarga hozirgi gidrologik holati va suv-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olish imkonini beradi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar bir qator uzoq muddatli strategik loyihalar bo‘yicha maslahatlashuvlarning borishini muhokama qildi. Xususan, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambar-Ota GES-1 qurilishi bo‘yicha muzokaralar rejalashtirilganidek davom etayotgani, Ozarboyjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida amalga oshiriladigan Kaspiy energetika koridorini yaratish loyihasi ustida ish olib borilayotgani ta’kidlandi.
Mavzuga oid

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

16:38 / 31.05.2025
2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev

20:50 / 30.05.2025