Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron HAMASning Isroilga hujumida qatnashganini rad etdi
Tehron Falastin va HAMAS hujumini qo‘llab-quvvatlashini, biroq OAV xabar qilganidek, hujumga tayyorgarlikda qatnashmaganini ta’kidlamoqda.

Foto: REUTERS/Mohammed Fayq Abu Mostafa
Eronning BMTdagi delegatsiyasi Tehron HAMASning Isroilga hujumini rejalashtirish yoki amalga oshirishga aloqadorligini rad etdi. Bu haqda 9 oktyabr, dushanba kuni Reuters agentligi xabar bermoqda.
«Biz Falastinni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin Falastinning javobiga aloqador emasmiz, chunki bu qaror faqat Falastinning o‘zi tomonidan qabul qilinadi», dedi Eronning Nyu-Yorkdagi xalqaro tashkilotda joylashgan vakolatxonasi. Ular HAMAS hujumini «Falastinning hal qiluvchi harakati» va yetmish yillik istilo va «sionistik rejim» jinoyatlariga qarshi «qonuniy mudofaa» deb atadi. Eron rasmiylari ta’kidlashicha, HAMAS operatsiyasining muvaffaqiyati kutilmaganda sodir bo‘lgani tufayli yuzaga kelgan va bu Isroil xavfsizlik kuchlarining «eng katta muvaffaqiyatsizligiga» aylandi.
HAMASga yaqin manbaning Reuters agentligiga aytishicha, tashkilot Isroilni guruh qurolli to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rilmayotgani bo‘yicha aldash uchun «ko‘p yillik kampaniya» olib borgan.
WSJ HAMAS hujumini rejalashtirishda Eron yordami haqida aniqladi
Bir kun avval The Wall Street Journal nashri HAMAS va Livanning harbiylashtirilgan «Hizbulloh» tashkilotiga tayanib, Eron xavfsizlik xizmatlari falastinlik jangchilarga Isroilga hujum uyushtirishga yordam bergani haqida xabar qilgan edi. Guruhlar vakillariga ko‘ra, Eron 2 oktyabr kuni Bayrutda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hujum uchun «yashil chiroq yoqqan».
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi zobitlari avgust oyidan beri HAMAS bilan hujum rejasi ustida ishlagan. Livan poytaxtida HAMAS va «Hizbulloh» vakillari ishtirok etgan bir necha uchrashuvlarda operatsiya tafsilotlariga oydinlik kiritilgan.
Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Tehronning Isroilga qarshi hujumga aloqadorligi haqida hech qanday dalil ko‘rmagan. «Biz Eron ushbu hujumni boshqargani yoki uning ortida turganiga oid dalillarni hali ko‘rmadik, biroq, albatta, ularning uzoq muddatli o‘zaro munosabatlari mavjud», dedi Blinken.
Tehron kecha HAMAS hujumini ma’qullab, jangchilarning harakatlari «bosib olingan hududlarda bosqinchilarga qarshi qarshilik ko‘rsatish va qurolli amaliyotlar sohasida yangi sahifa ochganini» aytdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:52 / 22.07.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025