Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda pedofillar nochor holatdagi bolaga turli yeguliklar olib berish bilan aldagani va qizni qo‘rqitgani aytiladi. Bolalar ombudsmani Kun.uz'ga bergan ma’lumotga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari 2,5 oydan beri davom etyapti.

Angren shahrida 14 yashar qiz muntazam ravishda jinsiy zo‘ravonlikka uchrab kelgan. Bu boradagi tergov 2,5 oydan beri davom etmoqda.
Internetda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, 2010 yilda tug‘ilgan qiz ba’zi sabablarga ko‘ra ota-ona nazoratisiz, buvisining qaramog‘ida qolgan va ruhiy holati bilan bog‘liq muammolari bor.
2024 yilda uni 4 nafar erkak muntazam zo‘rlab kelgani, ulardan biri voyaga yetmagan o‘smir, qolganlari 23-24 yoshda ekani aytilmoqda.
“Pedofillar och qolgan qizga lavash, somsa va boshqa yeguliklar bilan olib berib, uni aldab zo‘rlab yurgan. Birovga miq etsa, o‘ldirib, ko‘mib tashlash bilan po‘pisalar qilib kelishgan”, – deyiladi tarmoqda tarqalgan, hozircha tasdiqlanmagan xabarda.
Norasmiy xabarda qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani, Angren bolalar shifoxonasida tegishli amaliyotni o‘tkazish uchun yetarli mutaxassis bo‘lmagani sabab, qizni Toshkentga yuborish zarurligi bildirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Kun.uz bog‘langan bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, bu holat yuzasidan Angren shahar IIB 2025 yil 9 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, sud-tibbiyot ekspertizalari va boshqa tergov harakatlari o‘tkazilgan. Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.
“Bola manfaatlari nuqtayi nazaridan, bu haqda detallashgan ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq emas”, dedi bola huquqlari bo‘yicha vakil.
Qayd etilishicha, o‘smir qiz 12 iyul kuni ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetishmovchiligi va anemiya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va hozirda davolanish jarayonida.
Bolalar ombudsmani jinoyat ish yurituvi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib bormoqda. Uning protsessual huquqlari ta’minlanishi masalasi ham kuzatuvda. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ham bolaga zaruriy himoya choralari va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
Avvalroq Toshkent shahrida 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil 17 yilga qamalgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
-
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

12:17 / 19.06.2025
Qashqadaryoda kombayn ichiga tushib ketgan uch yoshli bola shifoxonaga yotqizildi

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

20:19 / 14.05.2025