Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Hujumlar Eron ichida ham, xorijda yashovchi eronliklarga qarshi ham uyushtirilgan va bunday ilg‘or kiberrazvedka vositalaridan foydalanishning birinchi oshkor namunasi deyilmoqda.

Foto: AFP/Getty Images
Apple kompaniyasi Isroil bilan urushdan oldingi oylarda eronliklarga smartfonlari kiberhujumga uchragani haqida ogohlantirish yuborgan. Bu haqda Ostindagi (Texas) Miaan Group inson huquqlari tashkilotining yangi tadqiqotida ma’lum qilindi, uning natijalari haqida Bloomberg xabar berdi.
Tadqiqotchilar 2025 yil birinchi yarmida Apple kompaniyasidan kibertahdid haqida xabarnoma olgan bir qancha eronliklarni aniqladi va ular umumiy nishonlarning faqat kichik qismi bo‘lishi mumkin. Shvetsiyada joylashgan kiberxavfsizlik tadqiqotchisi va DarkCell kompaniyasi asoschisi Hamid Kashfiy ham josuslik dasturiy ta’minoti qurboni bo‘lgan eronliklarning yana bir guruhini aniqladi.
Hujumlar Eron ichida ham, xorijda yashovchi eronliklarga qarshi ham uyushtirilgan va bunday ilg‘or kiberrazvedka vositalaridan foydalanishning birinchi oshkor namunasi deyilmoqda. Hujumlar ortida kim turgani noma’lum. Miaan Group ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida mamlakat ichidagi ikki eronlik dissident va Yevropada yashovchi Eron fuqaroligiga ega IT-mutaxassisi bo‘lgan - ularning iPhone’lari josuslik dasturiy ta’minotini o‘rnatish obektiga aylangan.
Kashfiy 12 nafar qurbonni topdi - ularning barchasi Eron ichida bo‘lib, mamlakatning texnologiya sohasida yoki hukumat uchun ishlagan. Kashfiy ham, Miaan Group ham jabrlanuvchilarning xavfsizligini himoya qilish uchun ularning ismini aytishdan bosh tortdi. Bloomberg tahririyati ixtiyoridagi bildirishnomalarda hujumlar «favqulodda kamdan-kam uchraydigan» va «millionlab dollar qiymatli» deb ta’riflangan.
Apple eronliklarga yuborgan bildirishnomada josuslik dasturiy ta’minoti hujumlarining yuqori narxi, murakkabligi va global xarakteri dunyodagi eng ilg‘or raqamli tahdidlardan biri ekanini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi
O‘zbekiston | 12:53
-
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan
O‘zbekiston | 12:06
Mavzuga oid

07:40 / 24.07.2025
Eron TIV rahbari: Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi

07:52 / 22.07.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

07:36 / 22.07.2025
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi

23:30 / 18.07.2025